Xaliknazarov Urolboy Abduraxmanovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish elektr texnologiyasi”, 05.05.07 – “Qishloq xo‘jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy  rahbar: Radjabov Abduraxmon, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti. DSc.03/30.12.2019.T.10.01
Rasmiy opponentlar: Yusubaliev Ashirboy Yusubalievich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Dilshod Rashidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tut ipak qurti g‘umbagiga elektrofizik ta’sir etish orqali g‘umbakni jonsizlantirishning energiyatejamkor elektrotexnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tirik pillaga o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydon bilan ishlov berish asosida ipak qurti g‘umbagini jonsizlantiruvchi energiya tejamkor elektrotexnologiyasi ishlab chiqilgan;
tut ipak qurti g‘umbagini maksimal jonsizlanishini ta’minlovchi haroratni hisobga olgan holda o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydon bilan ishlov berish parametrlari va jonsizlanish darajasi orasidagi funksional bog‘liqlik aniqlangan hamda jonsizlanish darajasini hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydon bilan ishlov berish vaqti, ishlov beradigan qurilmaning quvvati va ishlov berilayotgan mahsulot qatlam qalinligini inobatga olgan holda ko‘p omilli tajribalardan foydalanib regressiya tenglamalari olingan va ularni echish orqali tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish darajasining maqbul parametrlari asoslangan;
tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish texnologiyasining unumdorligini hisobga olgan holda energiya va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirishning energiya tejamkor elektrotexnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pillaga o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydon ta’sirida ishlov berib, tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirish texnologiyasi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga qarashli “Quyichirchiq tumani TST Agroklaster” MChJ qoshidagi pillani qayta ishlash korxonasida joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2021 yil 29 iyuldagi №4-2/1155-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tut ipak qurti g‘umbagini jonsizlantirishda qo‘llanilgan o‘ta yuqori chastotali elektr magnit maydon bilan ishlaydigan texnologiya, amaldagi texnologiyaga nisbatan 41,6% energiya tejash imkoniyati yaratilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish