Akbarov Avzal Nigmatullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tish mavjud bo‘lmagan tish-jag‘ tizimida klinik-funksional o‘zgarishlar va ortopedik stomatologik yordamni optimallashtirish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib140.
Ilmiy maslahatchi: Irsaliev Xusniddin Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Ho Keun Kwon, professor (Yonsey universiteti, Janubiy Koreya); Amanullaev Rustam Azimjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Bryussel ochiq universiteti (Bel`giya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli yoshdagi adentiyali bemorlarda to‘liq olinadigan protezlashni qo‘llaganda funksional va estetik natijalarni yaxshilash maqsadida kompleks diagnostik va optimal davo-profilaktika taktikasini ishlab chiqishga differensial yondashishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘liq adentiyali bemorlarning yoshiga bog‘liq holda to‘liq olinadigan protezlashning kliniko – anatomik va stomatoskopik omillar qoniqarsiz natijalarining rivojlanish sabablari aniqlangan;
mikroflora tarkibi o‘zgarishlarining miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari, to‘liq adentiyali bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i nospesifik himoya omillari ko‘rsatkichlari va ularning turli yoshdagi guruhlarda to‘liq olinadigan protezlarning yallig‘li-destruktiv asoratlari rivojlanishiga ta’siri aniqlangan;
ilk bor to‘liq adentiyali bemorlarda yoshiga bog‘liq holda chaynov muskullarini funksional bioelektrik faollik ko‘rsatkichlari va kompleksdagi uch shohli nerv tugunlarining teri orqali elektroneyromiostimulyasiyasi samaradorliligi aniqlangan;
ilk bor tish ekstraksiyadan so‘ng suyak nuqsoni mukammal tiklanishi va reparativ jarayonlarini yaxshilanishi tufayli postekstraksion atrofiyaning shakllanishi va yallig‘lanish havfini kamaytiradigan – «Biofaol shisha» osteoplastik ashyosidan foydalangan holda jag‘ atrofiyasi oldini olish usuli ishlab chiqilgan;
to‘liq olinadigan tish protezlarini qo‘llash natijasini yaxshilash uchun to‘liq adentiya vaqtida og‘iz bo‘shlig‘ida anatomik, funksional va mikrobiotsenoz buzilishini tuzatish uchun ko‘p omilli davolash-profiliktika chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan;
ilk bor “Eliksir A” antiseptik eritmasi va “FarGALS” mahalliy dori vositasi to‘liq adentiyali bemorlarning davolash kompleksiga kiritilgan;
og‘iz bo‘shlig‘ini himoya qiluvchi nospesifik omillar va mikroflora o‘zgarishlarini to‘g‘irlash usuli ishlab chiqilgan;
OHIP-14 savollar to‘plami bo‘yicha to‘liq adentiyali bemorlarni yaxlit protezlashda hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashda qo‘llangan davolash-profilaktik kompleks yondashuvning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Adentiyali bemorlarda to‘liq olinadigan protezlash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy izlanish natijalari asosida:
to‘liq adentiyali bemorlarda to‘liq protezlashning davolash muolajalari kompleksiga kiritilgan mahalliy vositalarni o‘z ichiga olgan og‘iz bo‘shlig‘i mikroflorasi va nospesifik himoya omillari o‘zgarishlarini korreksiyasi bo‘yicha tavsiyalar sog‘liqni saqlash tizimiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 fevraldagi 8n-d/13-son ma’lumotnomasi). Tavsiya etilgan davolash-profilaktika chora-tadbirlari anatomik funksional asoratlarni to‘liq adentiyali 60 yoshdan katta bo‘lgan bemorlar guruhida 50% dan 19,2% gacha qisqartirishiga va 60 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlar guruhida 26,5% dan 9,5% gacha qisqarish imkoniyatini berdi;
taklif qilingan to‘liq adentiyali bemorlarni kompleks davolash bo‘yicha chora-tadbirlar “Suyak nuqsonlarini bartaraf etish uchun biofaol shishani qo‘llash” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 fevraldagi 8n-d/13-son ma’lumotnomasi). Adentiya bilan kasallangan bemorlarni davolashda tavsif etilgan algoritm va prinsiplarga amal qilish natijasida qoniqarsiz natijalar 18,5% ga kamaytirildi;
to‘liq tishsizlikda tish-jag‘ tizimida kliniko-funksional o‘zgarishlarini o‘rganish va ortopedik yordamni takomillashtirish bo‘yicha dissertatsion ishdan olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi davolash-konsul`tativ faoliyatiga, Toshkent davlat stomatologiya instituti Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi ilmiy-amaliy markazi o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 16 fevraldagi 8n-d/13-son ma’lumotnomasi). To‘liq adentiyani davolashda taklif etilgan kompleks yondashuv to‘liq olinadigan protezlashning yaqin va uzoq natijalarini yaxshilash va hayot sifati darajasi ko‘rsatkichini 80,9% dan 97,9% gacha oshirish imkoniyatini berdi.