Saidmaxamadov Nosir Mo‘ysinalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyma mahsulotlarini qattiqligi va eyilishga chidamliligini oshirishda 280X29NL qotishmasini suyuqlantirish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymakorlik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (quymachilik va metallarga ishlov berish texnologiyasi yo‘nalishi)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1590
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor; Atajanov Gapur Latibovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 280X29NL qotishmasini qattiqligi va eyilishbardoshliligini ta’minlaydigan suyuqlantirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
280X29NL markali qotishmani suyuqlantirishda eyilishbardoshlikni ta’minlaydigan texnologiya issiqlik almashinish jarayoni asosida ishlab chiqilgan;
qattiqlik va eyilishbardoshlikni oshirish uchun 280X29NL markali qotishmani suyuqlantirish davrida xrom miqdorini issiqlik jarayoniga bog‘liqlik asosida ishlab chiqilgan;
280X29NL markali eyilishbardosh oq cho‘yan o‘rniga oq cho‘yanning beshta yangi 1) 280X17M2L; 2) 280X15TDL; 3) 280X14MDL; 4) 280X11DL; 5) 270X18G3L markalari abraziv muhitdagi eyilish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
eyilishbardosh oq cho‘yanni induksion pechida suyuqlantirish jarayonida Mg, Al va Ti elementlari yordamida modifikatsiyalash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
eyilishbardosh oq cho‘yanni induksion pechida suyuqlantirish jarayonida Mg va Ti elementlari yordamida modifikatsiyalashning samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan kovshga quyish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan yangi markadagi eyilishbardosh oq cho‘yanni quymakorlik qolipga quyish texnologiyasi qotishmaning qolip ichidagi kristallanish intensivligini me’yorlash asosida ishlab chiqilgan;
quymaning sovutilish jarayonida mustahkamlanuvchi yuzadagi eyilishbardoshlikning bir me’yorda taqsimlanishi uchun ta’minlovchi diskni quymakorlik qolipga joylashish sxemasi qolip devorlarining issiqlik o‘tkazuvchanlik darajasi asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyma mahsulotlarini qattiqligi va eyilishga chidamliligini oshirishda 280X29NL qotishmasini suyuqlantirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
280X29NL markali eyilishbardosh oq cho‘yan o‘rniga oq cho‘yanning yangi markasi “Navoiy kon – metallurgiya kombinati”ning “Navoiy mashinasozlik” zavodida joriy etilgan (NKMKning 2021 yil 14 apreldagi 10.02 – 07 – 01/5149 – son ma’lumotnomasi). Natijada ta’minlovchi diskning xizmat muddatini 45 – 46 soatdan 53 – 54 soatgacha oshirish imkonini bergan;
Ishlab chiqilgan yangi markadagi eyilishbardosh oq cho‘yanni quymakorlik qolipga quyish texnologiyasi “Navoiy kon – metallurgiya kombinati”ning “Navoiy mashinasozlik” zavodida joriy etilgan (NKMKning 2021 yil 14 apreldagi 10.02 – 07 – 01/5149 – son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan texnologiyaning joriy qilinishi quymaning ishchi yuzasidagi qattiqlikni 22 – 24% ga oshirish imkonini bergan;
Quymaning sovutilish jarayonida mustahkamlanuvchi yuzaning bir me’yorda taqsimlanishi uchun ta’minlovchi diskni quymakorlik qolipga joylashish sxemasi “Navoiy kon – metallurgiya kombinati”ning “Navoiy mashinasozlik” zavodida joriy etilgan (NKMKning 2021 yil 14 apreldagi 10.02 – 07 – 01/5149 – son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan sxemaning joriy qilinishi quyma detallarining ishchi yuzalarining ingichka qismidagi eyilishbardoshliligi 10 – 12% oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish