Mavlanov Kamoliddin To‘ychievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat protsessida gumon qilinuvchining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlari”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu449.
Ilmiy rahbar: Xayriev Nodirjon Isroilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Xasanov Temur Xalmamatovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Tadqiqotning maqsadi jinoyat ishlari yurituvida gumon qilinuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normalarini tahlil qilish, bu sohadagi ilmiy konseptual yondoshuvlarni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni guvoh tariqasida so‘roq qilish mumkin emasligi asoslab berilgan;
shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish mumkin emasligi asoslantirilgan;
gumon qilinuvchi amalda ushlangan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish huquqiga ega bo‘lishi kerakligi asoslangan;
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga oid ishlar bo‘yicha himoyachining ishtiroki shartligi asoslab berilgan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoyat protsessida gumon qilinuvchining huquqlari himoyasini ilmiy tadqiq etish yuzasidan olingan natijalar asosida:
shaxsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni guvoh tariqasida so‘roq qilish mumkin emasligini nazarda tutuvchi taklif 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ-675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning tayyorlanishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 6 avgustdagi 06-10/1866-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif gumon qilinuvchining ish holatlari to‘g‘risida ko‘rsatuvlar berish yoxud ko‘rsatuvlar berishdan bosh tortish huquqini ta’minlashga xizmat qilgan;
shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish mumkin emasligini nazarda tutuvchi taklif 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ-675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning tayyorlanishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 6 avgustdagi 06-10/1866-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif gumon qilinuvchining o‘z huquqlarini bilish va ularni to‘g‘ri amalga oshirishga xizmat qilgan;
gumon qilinuvchi amalda ushlangan paytdan boshlab himoyachiga ega bo‘lish huquqiga ega bo‘lishi kerakligini nazarda tutuvchi taklif 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ-675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning tayyorlanishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 6 avgustdagi 06-10/1866-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif gumon qilinuvchining o‘z vaqtida himoyalanishga bo‘lgan huquqini kafolatlashga xizmat qilgan;
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga oid ishlar bo‘yicha himoyachining ishtiroki shartligini nazarda tutuvchi taklif 2021 yil 18 fevraldagi O‘RQ-675-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning tayyorlanishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2021 yil 6 avgustdagi 06-10/1866-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif gumon qilinuvchining himoyachiga ega bo‘lish huquqini ta’minlashga xizmat qilgan.