Samadov Alibek O‘ktamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik insul`tning o‘tkir davrida neyroprotektiv terapiyani optimallashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2114.
Ilmiy rahbar: Qodirova Dildora Haydarovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Majidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari  doktori, professor; O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari  doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Stavropol` davlat  tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik insul`tning o‘tkir davrini kompleks davolashda   nootrop va antioksidant prepapratlarini  samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nootrop va antioksidant preparatlarning kompleksi bilan davolash fonida ishemik insul`t bilan og‘rigan bemorlarda nevrologik tanqislikning og‘irlik darajasi va ifodalanganligining dinamikasi afzalligi asoslangan;
nootrop va antioksidant preparatlar kombinatsiyasi va standart davolash  fonida yallig‘lanish jarayonlari ko‘rsatkichlarini (S-reaktiv oqsil va interleykin-6 darajalari) tekshirish asoslangan;
bosh miya qon tomirlaridagi qon oqimi xamda ishemik insul`tni davolashda foydalaniladigan nootrop va antioksidant preparatlar kombinatsiyasini  davolovchi ta’sirining xususiyatlari isbotlangan;
kombinatsiyalangan neyroprotektiv va standart davo olib borishda ishemik insul`t o‘tkir davrining so‘ngida bemorlar funksional tiklanish darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ishemik insul`tning dastlabki kunlarida, yallig‘lanish jarayonining faolligini aks ettiruvchi marker sifatida, qon zardobida IL-6 va SRO ni tekshirish maqsadga muvofiqligi va ishemik insul`tni davolash jarayonida qo‘llanilayotgan nootrop va antioksidant preparatlarini birgalikda qo‘llashning samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida;
 ishemik insul`tni tashxislash va davolashni takomilashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishemik insul`tning o‘tkir davrida kompleks kombinatsiyalangan neyroprotektiv (nootrop va antioksidant) terapiyani o‘tkazishga imkon beradigan «Ishemik insul`tning o‘tkir davrida  vertebrobazilyar xavzada neyroprotektiv terapiyani optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 8n-d/381-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi tashxisotni takomillashtirish, davolash muddatini qisqartirish va insul`t  asoratlarining oldini olishga imkon bergan;
tadqiqot natijalari Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli markazi nevrologiya bo‘limi, Samarqand davlat tibbiyot institutining 1- klinikasi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi nevrologiya bo‘limi, Buxoro shahar ko‘p tarmoqli markazi nevrologiya bo‘limi  amaliyotiga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 8n-z/381-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ishemik insul`t o‘tkir davrini erta tashxislash va davolash muddatlarini qisqartirish, profilaktik yordam sifatini oshirish, mazkur kasallikni davolashda kombinatsiyalangan davodan (nootrop, antioksidant) foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda kasallik asoratlarining oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish