Rahimov Bobomurod Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yuqori qatronli neftlar qovushqoqligini pasaytiruvchi tabiiy SFM olish texnologiyasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1712.
Ilmiy rahbar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor; Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori qatronli neftlarning qovushqoqligini pasaytiruvchi tabiiy SFM olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori qovushqoq neftlarning qovushqoqligini pasaytiruvchilarni olish uchun mahalliy ikkilamchi xom-ashyo va chiqindilardan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
neftlarni quvurlar orqali tashishda ularning oquvchanligini oshiruvchi yuqori qovushqoq neftlarning qovushqoqligini pasaytiruvchilar olingan;
olingan qovushqoqlikni pasaytiruvchilardan foydalanganda texnologik omillarning yuqori qovushqoq neftlarning oquvchanligiga ta’siri aniqlangan;
ishlab chiqilgan qovushqoqlikni pasaytiruvchilardan foydalanganda yuqori qovushqoq neftlarning oquvchanligini oshirishning optimal texnologik rejimlari aniqlangan;
FL+TAG, PS va GK aralashmalaridan foydalangan holda quvurlar orqali yuqori qovushqoq neftlarning oquvchanligini oshiruvchi kompozisiyalar yaratilgan;
quvurlar orqali tashishda neft qovushqoqligini pasaytiruvchi kompozisiyadan foydalanish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yog‘-moy sanoatining ikkilamchi xom-ashyolari va chiqindilariga asoslangan holda yaratilgan kompozisiyalar bo‘yicha mahalliy og‘ir neftlarning qovushqoqligini pasaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fosfolipid va triatsilgliserid aralashmasini mahalliy yuqoriqovushqoq neftlar quvurlar orqali tashish depressatori «Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AKning 2021 yil 7 oktyabrdagi  03-17-5/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori qovushqoq neftlar uchun mahalliy xomashyodan olinadigan depressatorlar assortimentini kengaytirish imkonini bergan;
mahalliy yuqoriqovushqoq neftlarni quvuruzatkich orqali tashishda oquvchanligini oshirish uchun depressatorlar kompozisiyasini olish va qo‘llash texnologiyasi «Vodiy neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»da amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AKning 2021 yil 7 oktyabrdagi  03-17-5/147-son ma’lumotnomasi). Natijada, quvurlar orqali og‘ir neftlarning oquvchanligini 2-3 marta oshiradigan import o‘rnini bosuvchi kompozisiyani yaratishga va ulardan foydalanishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish