Isanov Farxod Jummanazarovichning
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tozalash korxonalarida tolani namlashning samaradorligi yuqori usulini ishlab chiqish”, 05.06.02 – «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam (B2019.3.PhD/T913):
Ilmiy rahbar:Sabirov Qaxramon, texnika fanlari doktori, k.i.x.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Madumarov Ilxom Dadaxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Qayumov Abdumalik Xamidovich, texnika fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tola tarnovining yo‘naltiruvchi elementlarini isitish bilan birga tola namlagichini ishlab chiqish, konstruktiv va texnologik parametrlarini asoslash orqali tolani namlash samaradorligini va tolaning hajmi bo‘yicha namlanishini bir xilligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tola namlanishining samaradorligini oshirish va uning hajmi bo‘yicha bir tekisda namlanishini ta’minlash shartidan kelib chiqib tolani namlashning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tola tarnovining yo‘naltiruvchi elementlarini isitish bilan birga tola namlashni amalga oshiruvchi qurilmaning takomillashtirilgan sxemasi ishlab chiqilgan, uning asosiy konstruktiv va ekspluatatsion parametrlari asoslangan.
namlanayotgan tolaning tashqi ko‘rinish o‘zgarishini oldini olish shartidan tola tarnovining yo‘naltiruvchi elementlarini kerakli isitish haroratini ta’minlovchi tolani namlagichning asosiy parametrlarini aniqlash uchun analitik bog‘liqlanishlar ishlab chiqilgan;
tola namlagichining texnologik parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining miqdoriy o‘zgarishini uning konstruktiv-texnologik va tolani xususiyatlariga bog‘liqlik qonuniyatlari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
tola tarnovining yo‘naltiruvchi elementlarini isitish bilan birga tola namlashni amalga oshiruvchi qurilmaning takomillashtirilgan nusxasi Sirdaryo viloyatidagi "Boyavut texno klaster" ning tolani namlash texnologik liniyasiga joriy etildi.(“O‘zpaxtasanoat”AJning 18.06.2020 yildagi №03-18/1836 ma’lumotnomasi). Natijada tola namligini 1,6 % ga oshishi evaziga tola toylarining massasi 8-10 kg ga oshib, tola maxsulotlarini o‘rov va bog‘lov materiallarini sarfi 4,6 % ga iqtisod qilinishiga imkoniyat yaratilgan.