Ababakirov Doniyorbek Maxamadsidiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tug‘ma va orttirilgan quloq suprasi nuqsonlarida rekonstruktiv otoplastikani takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1746.
Ilmiy rahbar: Kayumxodjaev Abdurashit Abdusalamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Madazimov Madamin Muminovich, tibbiyot fanlari doktori; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rekonstruktiv operativ davolash usullarini takomillashtirish orqali quloq suprasining tug‘ma va orttirilgan nuqsonlarini otoplastika qilish natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir vaqtning o‘zida autoqovurg‘ali tog‘aydan karkas shakllantirish, uni quloq sohasiga implantatsiya qilish, quloq yumshog‘ini transpozisiya qilish, tragus hosil qilish va karkas ortiga tirgakni o‘rnatish, o‘z navbatida 3-4 oydan so‘ng tilingan teri transplantantatsiyasi bilan quloq suprasini ko‘tarish orqali III darajali mikrotiyada rekonstruktiv otoplastika usuli takomillashtirilgan;
quloq orti sohasidagi yumshoq to‘qimalarning etishmovchiligida intraoperatsion ballonli cho‘zish to‘qimalarni 10-12 mm mahalliy o‘sishiga olib kelishi, bu esa implantatsiya qilingan tog‘ayli karkasni teri laxtagi bilan erkin holda qoplash imkonini berishi isbotlangan;
tog‘ayli karkasni implantatsiya qilish bosqichida 0,2-0,3 mm qalinlikdagi deepidermizatsiyalangan tilingan erkin laxtakni ko‘chirib o‘tkazish yo‘li bilan chakka sohasida soch o‘sishining past darajasiga erishish orqali III darajali mikrotiyada otoplastika qilish usuli takomillashtirilgan;
bukilgan quloq suprasida rekonstruktiv otoplastikaning texnik hususiyatlari tog‘ayli asos etishmovchiligini to‘liq bartaraf etish uchun o‘zgartirilgan va normal quloq o‘lchamlari orasidagi farqni o‘lchash bilan anatomik nuqsonni to‘g‘ri aniqlashga asoslangan bo‘lishi kerakligi aniqlangan;
quloq tog‘ayining yuqori qismini chakka fassiyasiga mahkamlash va uning nuqsonini autoqovurg‘a tog‘ayli karkas bilan yopish, so‘ngra ikkinchi bosqichda tilingan teri transplantantini ko‘chirib o‘tkazish va QSni ko‘tarish orqali quloq suprasining III darajali nuqsonlari va deformatsiyalarini tiklash usuli takomillashtirilgan;
rekonstruktiv otoplastikaning taklif etilgan usullari amalga oshirilgandan so‘ng, quloq suprasining tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari bo‘lgan bemorlarning hayot sifati yaxshilanishining asosiy ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tug‘ma va orttirilgan quloq suprasi nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni davolashda rekonstruktiv aralashuvlarning texnik jihatlarini optimallashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalar asosida:
quloq suprasining tug‘ma va orttirilgan nuqsonlarida rekonstruktiv otoplastika bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan "Quloq suprasining tug‘ma va orttirilgan nuqsonlarida rekonstruktiv otoplastika usullarini takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08-09/19774-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyanoma tashrixning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirishga, mikrotiyada va quloq suprasining turli xil orttirilgan nuqsonlari bo‘yicha rekonstruktiv plastikaning asosiy talablarga muvofiq tarzda bajarishni ta’minlash imkonini bergan;
Tug‘ma va orttirilgan quloq suprasi nuqsonlari bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik yo‘l bilan davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Andijon shahridagi "MKM MED" xususiy tibbiyot markazi amaliyotiga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 dekabrdagi 08-09/19774-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi tug‘ma va orttirilgan quloq suprasi rekonstruktiv otoplastikasining texnik jihatlari modifikatsiyasi hisobiga asoratlar chastotasining 39,9%dan 8,8%gacha pasayishiga, yaxshi va a’lo natijalar ulushini 62,5% dan 83,3% gacha ortishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish