Aliqulov Ixtiyor Tilovqobilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash va prognozlash», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2199.
Ilmiy rahbar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc 04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali yurak etishmovchiligida buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta tashxislashda klinik-genetik prediktorlarni aniqlash hamda prognozlash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishida NO-sintaza tizimi va oksidativ stress ko‘rsatkichlarini prognostik ahamiyati asoslangan;
ilk marotaba surunkali yurak etishmovchiligi bilan xastalangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishida NO-sintaza geni T786C polimorfizmining molekulyar-genetik determinantlari aniqlangan;
NO-sintaza geni T786C polimorfizmining S alleli va T/S genotipi og‘ir surunkali yurak etishmovchiligi va buyraklar disfunksiyasi rivojlanishing prognostik markerlari sifatida aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligida buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta aniqlash va prognozlashda NO-sintaza geni T786C polimorfizmining noxush genetik markerlarini ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta aniqlash va prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqod natijalari asosida ishlab chiqilgan «Surunkali yurak etishmovchiligi bor bemorlarda buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash va prognozlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 avgustdagi 8n-z/284-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda buyraklar disfunksiyasi rivojlanishini erta aniqlash, kasallik kechishi va prognozni yaxshilash imkonini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligi bilan kasallangan bemorlarda kasallikni erta aniqlash, kasallik kechishini prognozlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatik klinik shifoxonasi va Shayxantoxur tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6-dekabrdagi 08-09/19183-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi surunkali yurak etishmovchiligida buyraklar disfunksiyasini erta tashxislash, klinik kechishini prognozlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish