Toshov Hayotjon Muhammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Devxona ko‘lining gidrobiologik holati va baliqchilikdagi ahamiyati», 03.00.16 – Gidrobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/B355.
Ilmiy rahbar: Kuzmetov Abdulaxmed  Raymberdievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/27.02.2020.V.01.15 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bo‘riev Sulaymon Bo‘rievich, biologiya fanlari doktori, professor; Zaripov Erkin Zaripovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Devxona ko‘lining gidrobiontlari zooplankton, fitoplankton, yuksak suv o‘simliklari, baliqlar shuningdek, ularning morfologiyasi, ekologiyasi, taksonomiyasi, dominant turlarning baliq mahsuldorligini belgilashdagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Devxona ko‘li uchun fitoplankton organizmlardan 162 turi, zooplankton organizmlarning 32turi, makrofitlarning 45 turi aniqlanib, shulardan 12 turi (1 tur mizid, 11 tur yuksak o‘simliklar) Devxona ko‘li fauna vaflorasi uchun yangi tur ekanligi aniqlangan;
fitoplankton, zooplankton, makrofitlarning sifat va miqdor jihatidan rivojlanish dinamikasi aniqlangan;
gidrobiontlarning mavsumiy suksessiyasi aniqlangan va ularning suv ekotizimdagi ahamiyati baholangan;
ovlanadigan baliqlarni yaylov akvakul`turasi sifatida tabiiy holatda etishtirish xususiyatlari ochib berilgan;
baliqlarning tabiiy ozuqalari (zooplankton, nektobentos) Devxona ko‘li sharoitida etishtirilib, baliq mahsuldorligining oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Devxona ko‘lining gidrobiologik holati va baliqchilikdagi ahamiyati bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Devxona ko‘lida uchrovchi gidrobiont organizmlardan baliqlar uchun tabiiy ozuqa sifatida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar “Buxorobaliq” MChJ baliqchilik korxonasi hovuzida o‘stirilayotgan chavoqlarni etishtirsh amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 17 dekabrdagi 02/23-1751-son ma’lumotnomasi). Natijada, baliqlardagi stress holati kamayib, ikralar tashlashi 25-30% ga oshgan va 25-30% baliq lichinkalari va chovoqlari olish imkonini bergan;
suv havzasi tabiiy ozuqa zahirasi organizmlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar “Muborak Buxoriy” MChJ baliqchilik korxonasi havzasining ozuqa zahirasi asosida karp va oq amur baliqlarini etishtirish amaliyotida joriy etilgan (“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining 2021 yil 29 martdagi 08/306-son ma’lumotnomasi). Natijada, zog‘ora, oq sla, orol qizilko‘zi kabi baliq turlarida 50% gacha o‘suvchanlikga erishilgan va tabiiy o‘lim darajasi 5% dan yuqori bo‘lmasligini ta’minlab havzadan ovlangan baliqlar miqdorining sezilarli tarzda oshishiga imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish