Nazarov Akmal Mardonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sportchilarda psixologik muhofaza mexanizmlarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/P158.
Ilmiy rahbar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Orziqulov Dilshod Ne’matovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sportchilarda psixologik muhofaza mexanizmlarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sportchilarda inkor etish omili qanchalik yuqori bo‘lsa, ularda real va hayotiy kamchiliklarni ongsiz tarzda bartaraf etish orqali kompensatsiya omili ortib borishi aniqlangan;
sportchi xarakterida namoyishkorona xususiyat yuqori darajada rivojlangan bo‘lsa, normaning eng quyi va eng yuqori darajasida ham sportchining emotsiyaga ortiqcha urg‘u bermasligi sababli unda xavotirlanish xususiyati nisbatan past bo‘lishi aniqlangan;
sportchilarda psixologik muhofaza omili yuqori bo‘lsa, ularning o‘z hissiyotlarini, xatti-harakatlarini to‘g‘ri boshqara olish, o‘zini-o‘zi tartibga solish qobiliyatlarining rivojlanganligi sababli turli xil vaziyatda uchraydigan har xil ekstremal holatlarda o‘zini-o‘zi adekvat baholay olish imkoniyati yuqori bo‘lishi isbotlangan;
cportchilar faoliyatida namoyon bo‘luvchi «hissiy barqarorlik», «qat’iyatlilik», «xotirjamlik», «muvaffaqiyatga erishish» kabi omillar xavotirlanish, emotsional beqarorlik, stress, depressiya kabi salbiy emotsional holatlarning oldini olishi tufayli psixologik muhofaza ko‘rsatkichlarining barqaror va izchil tarzda rivojlanishini ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sportchilarda psixologik muhofazani rivojlantirish bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sportchilar faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi hissiy barqarorlik, qat’iyatlilik, xotirjamlik kabi ijtimoiy-psixologik omillar dinamikasi ochib berilganligiga doir olingan ilmiy xulosalar Buxoro davlat universiteti hamda Qarshi davlat universitetlarining o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3595-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik muhofaza rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ijtimoiy-psixologik mexanizmlar takomillashtirilgan;
sportchilarda sixologik muhofazaning kompensatsiya, kognitivlik, proeksiya, regressiya mexanizmlari giperkompensatsiya, inkor etish, o‘rnini almashtirish kabi omillarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan Buxoro davlat universiteti hamda Qarshi davlat universitetlarining o‘quv jarayonida ya’ni, sportchi talabalarni jismoniy va psixologik jihatdan tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 sentyabrdagi 89-03-3595-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda psixologik muhofaza mexanizmlari, shaxs xususiyatlari va ularning shakllanish imkoniyatlari kengaytirilgan;
sportchilar shaxsida namoyon bo‘luvchi eksternal va internal shaxs tiplari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishlarni tahlil qilish orqali sportchi faoliyatining pedantik, gipertimik, distimik funksiyalari aniqlashtirilgan xulosalardan Buxoro davlat universiteti hamda Qarshi davlat universitetlarining o‘quv jarayonlarida sportchi talabalarni tayyorlashda foydalanilgan (Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 09 noyabrdagi 02-07-08-3061-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarda psixologik muhofazani shakllanishiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar va hissiy-emotsional holatlarni bartaraf etish, sportchilarning jismoniy hamda psixologik tayyorgarlik darajasini sifat jihatdan ta’minlashga erishilgan;
psixologik muhofaza omillarini rivojlantirishga mo‘ljallangan vaziyatga moslashish, avtoportret, o‘rin almashtirish dasturini qo‘llash orqali sportchilardagi hissiy zo‘riqishlarni korreksiyalash tizimi takomillashtirilganligi yuzasidan olingan xulosalar, ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-sonli buyrug‘iga asosan 5110900 – Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi” nomli darsligi, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 5210203 – Psixologiya (amaliy psixologiya) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Umumiy psixodiagnostika” nomli o‘quv qo‘llanmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-sonli buyrug‘iga asosan 5112000 – Jismoniy madaniyat bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Umumiy psixologiya” nomli o‘quv qo‘llanmalaridagi mavzular mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 892-son buyrug‘iga asosan berilgan 892-056-raqamli, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘iga asosan 285-122-raqamli, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘iga asosan 285-123-raqamli guvohnomalari). Natijada sportchilarning psixologik muhofazasi bo‘yicha metodik ta’minoti takomillashtirishda va o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashda xizmat qilgan.