Kodirov Hayot Sharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash metodikasini takomillashtirish», 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped90.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abduqodirov Abduqahhor Abduvakil`evich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchilarida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishning ko‘makchi kompyuterli modelining adaptativ, tashkiliy-integratsion va natijaviy komponentlari o‘qitishga tizimli, yaxlit, kompetent, shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish mazmuni, bosqichlari, shakli va vositalari birligini o‘zida yaxlit aks ettirgan virtual ta’limni joriy etish imkonini beruvchi lokal-modulli texnologiya ishlab chiqilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida bo‘lajak kasb o‘qituvchilarida bilim va ko‘nikmalarning shakllanganlik darajalari (pedagogik fikrlashning tizimligi, mustahkamligi; pedagogik bilimlarni intergatsiyalash va qo‘llash, refleksiya, pedagogik masalalarni echishdagi ijodkorlikni aniqlash ko‘rsatkichlari va mezonlari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchilarida pedagogik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishning loyihaviy-texnologik, mazmuniy-metodik, kriterial-diagnostik va protsessual komponentlari birligini ta’minlovchi konsenptual model` asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kasb ta’limi o‘qituvchilarida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchilarida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishning diagnostik, benchmarking va korreksion sifat mezonlari autopsixologik, akmeologik va refleksiv ko‘rsatkichlari hamda ko‘makchi kompyuterli modelning adaptativ, tashkiliy-integratsion va natijaviy komponentlarini aniqlashtirishga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 18 yanvardagi «Oliy ta’lim tizimida internet-madaniyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi» 23-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 17 noyabrdagi 89-03-3234-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar bo‘lajak o‘qituvchilarda internet-madaniyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha qo‘llanmalar, elektron darslik, elektron metodik majmualarni yaratishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik, texnik-texnologik bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda informatsion, amaliy hamda nazoratga doir o‘quv modullaridan iborat elektron ta’lim trenajeridan foydalanishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 28 dekabrdagi «Respublika oliy ta’lim muassaslarida AKTdan keng foydalanish va elektron hukumat tizimini rivojlantirish doirasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida»gi 8\\5-son qarori bilan tasdiqlangan me’yoriy-metodik hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 17 noyabrdagi 89-03-3234-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida oliy ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning takomillashtirilgan metodik ta’minoti bo‘lajak kasb o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirishga xizmat qilgan;
ixtisoslik fanidan tayyorlangan elektron ta’lim trenajeridan foydalanishga doir takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 16 martdagi 112-sonli buyrug‘i bilan ITD-1-148 «Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi», YoA-1-26 «Kasb ta’limi metodikasi fanidan elektron majmua yaratish» mavzularidagi loyihalarning 3,4,5-komponentlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada oliy ta’lim muassasalarining kasb ta’limi yo‘nalishlarida mutaxassislik fanlarini o‘qitish hamda bo‘lajak o‘qituvchilarda informatsion kompetentlikni rivojlantirish samaradorligini oshirish imkonini bergan.