Djurakulova Gulnoza Shavkatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek xalq dostonlarida ot obrazi bilan bog‘liq epik formulalar va ularning badiiyati”, 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil761.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Ilmiy rahbar: Turdimov Shomirza Ganievich, filologiya fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, Dsc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Umurzoq Jumanazarov, filologiya fanlari doktori, professor; Dilbar Xalilova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq eposida ot obrazi bilan bog‘liq epik formulalarning tutgan o‘rni, badiiy vazifalari, barqaror epik shakllarning yetakchi ko‘rinishlarini aniqlash va ularning doston kompozisiyasida tutgan o‘rni hamda semantik ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
barqaror epik formula va shakllarning genezisi hamda tadrijiy taraqqiyot bosqichlari aniqlanganib, epik formulalarning o‘zbek xalq dostonlari syujeti va kompozisiyasidagi badiiy san’at sifatida namoyon bo‘luvchi kichik, barqaror she’riy misra ko‘rinishidagi o‘rta va turli mavzularni qamrovchi katta epik formulali shakllari dalillangan;
o‘zbek xalq dostonlaridagi epik formulalarning kichik, o‘rta va katta ko‘rinishdagi asosiy tiplari aniqlanib, ularning xalq dostonlari tarkibidagi o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, doston badiiyatidagi vazifalari hamda variantlar o‘rtasidagi ma’no ko‘lamiga oydinlik kiritilgan;
o‘zbek xalq dostonlarida ot ta’rifini kuylashda barqaror she’riy shakldagi epik formulalarning baxshi badihago‘yligidagi o‘rni, dostonlarda ot ta’rifining mumtoz ko‘rinish olishi va doston voqeligiga uyg‘un kelishida epik formulalarning badiiy funksiyasi ko‘rsatib berilgan;
ot obrazi bilan bog‘liq epik formulalarning har bir dostonchilik maktablariga xos an’anaviy va bir ijodkor repertuariga xos ko‘rinishlari aniqlanib, yetakchi xalq shoirlari kuylagan dostonlardagi induvidual namunalar an’anaviy shakllar bilan qiyosiy kesimda dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalq dostonlari tarkibidagi ot obrazi bilan bog‘liq epik formularning tiplari, shakliy ko‘rinishlari, genezisi, yuzaga kelish omillari, doston ijrosidagi o‘rni va vazifalarini, badiiyati va semantik ko‘lamini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari (36-65-jildlar)” mavzusidagi OT-F1-76 raqamli fundamental ilmiy loyihani amalga oshirishda, xususan, mazkur 100 jildligining “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari asosida tuzilgan 27-jildi (“Qunduz va Yulduz”: (romanik dostonlar)ni tayyorlashda epik ot G‘irot obrazi bilan bog‘liq epik formulalarning qo‘llanilishida xalq baxshilarining o‘ziga xos poetik mahorati va badihago‘yligini yoritishda tadqiqotning o‘zbek xalq dostonlarida ot ta’rifini kuylashda epik an’ananing o‘rni, xalq dostonlarida ot egarlash tasviri va unda qo‘llangan epik formulalar badiiyati, dostonlardagi ot obraziga aloqador barqaror she’riy shakllar an’anaviy xarakter kasb etishi haqidagi ilmiy xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 15 sentyabrdagi 3/1255-2498-son ma’lumotnomasi). Natijada Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Qunduz bilan Yulduz”, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining “Balogardon”, Rahmatulla Yusuf o‘g‘lining “Balogardon” dostonlaridagi epik ot G‘irot obrazi bilan bog‘liq epik formulalarning qo‘llanilishida xalq baxshilarining o‘ziga xos poetik mahorati va badihago‘yligini yoritishda muhim asos bo‘lgan.
O‘zbek xalq dostonlaridagi epik formulalar, uning jahon fol`kloridagi ahamiyati, tipologiyasi, genezisi, tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti, boshqa tip shakllari bilan aloqalari, munosabat masalalari haqidagi nazariy xulosalaridan FA-F1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2016-2020) fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 202 yil 05 oktyabrdagi 17.01/240-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy tadqiqot xulosalari o‘zbek va qoraqalpoq fol`klorining janrlar tarkibi, tarixiy asoslari, badiiy evolyusiyasi, tipologiyasi va o‘ziga xos xususiyatlarini yoritishga xizmat qilgan;
o‘zbek xalq dostonlaridagi ot obrazi bilan bog‘liq epik formulalar va ularning badiiyatini o‘rganish ishini keng omma orasida targ‘ib qilishda tadqiqotning ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi” “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariylarini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 14 sentyabrdagi 04.25/1759-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalq dostonlarida qo‘llanilgan epik formulalarning shakllanish tarixi va badiiyati bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan ushbu eshitirishlarning mazmunini boyitilgan.