Movlonova Sohiba Abdiqodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida azotli organik birikmalar mavzusini differensial yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped1810.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor; Bulatov Saidaxbor Saidkarimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida azotli organik birikmalar mavzularini differensial yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida azotli organik birikmalar mavzularini differensial yondashuv asosida o‘qitishning fan asoslari, hozirgi holatini takomillashtirish asosida talabalarning tayyorgarlik sifatiga qo‘yiladigan bilim va malakalar darajasi oshganligi aniqlangan;
ta’lim oluvchilarni organik kimyo fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari mazmunining o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik ko‘rsatkichlari motivatsion, tashkiliy-pedagogik va faoliyatli yondashuv bilan differensial tahlillarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
azotli organik birikmalar mavzularini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida nazariy va laboratoriya mashg‘ulotlaridagi bilim darajasini interfaol metodlar va differensial yondashuv asosida takomillashtirilgan;
o‘quv jarayonini tashkil qilishda differensial yondashuvga asoslangan organik kimyo fanini o‘qitish uslubiy tizimining didaktik imkoniyatlari hamda azotli organik birikmalar mavzusini o‘qitish metodikasiga oid uslubiy tizim takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy Ta’lim muassasalarida azotli organik birikmalar mavzularini differensial yondashuv asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
«Organik kimyo» fani bo‘yicha differensial yondashuvdan samarali foydalanish orqali talabalar tayyorgarlik sifatiga qo‘yiladigan kompetensiyaviy mezonlarni takomillashtirishga oid takliflardan «Kimyo» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus Ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, №522-176). Natijada, mazkur kompetensiyalar acocida talabalarning o‘zlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni amalda qo‘llay olishini rivojlantirishga erishilgan;
ta’lim oluvchilarni organik kimyo fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatgichlarini baholash mezonlari mazmuni o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik ko‘rsatgichlari motivatsion, tashkiliy-pedagogik va faoliyatli yondashuv bilan differensial tahlillarni o‘zaro muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 13 sentyabrdagi 02-07-2361/04-son dalolatnoma.) Natijada, Ta’lim oluvchilarni organik kimyo fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatgichlarini baholash mezonlarini aniqlash imkoniyati oshirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning organik kimyo fanidan o‘zlashtirishini baholash mezonlari bilan differensial yondashuv asosida ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va laboratoriyalarni tashkil qilishda «Kimyo» nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus Ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, №522-176). Natijada, turli bilim darajasiga ega ta’lim o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kimyo fanidan bilimlarining oshishiga, fanga nisbatan qiziqishining ortishiga, ma’lumotlar bazasining kengayishiga imkoniyat yaratgan.