Avazov Sardorjon Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Piyoz o‘simliklarida zamburug‘ turlari qo‘zg‘atadigan asosiy kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari (Toshkent viloyati misolida)», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx69.
Ilmiy rahbar: Yaxyaev Xashim Kasimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudxodjaev Najmiddin Mavlyanxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Zuparov Mirakbar Abzalovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent viloyati sharoitida piyoz o‘simligida keng tarqalgan zamburug‘ turlari qo‘zg‘atuvchi kasalliklarni aniqlash va zamburug‘ turlarining kul`tural-morfologik hamda biologik xususiyatlariga asoslangan holda ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor piyoz o‘simligining kasallangan a’zolaridan 597 ta gerbariy namunalari to‘planib, ularning 2 ta dunyo, 4 ta filum, 8 ta tartiblar guruhi, 12 ta oila va 57 ta zamburug‘ turlariga mansubligi aniqlangan;
57 ta zamburug‘ turidan 29 tasi Toshkent viloyati sharoitida piyoz o‘simligida kasallik qo‘zg‘atishi aniqlangan;
eng ko‘p tarqalgan turlar Deuteromycetes sun’iy guruhi 34 ta, Basidiomycota filumiga 10 ta, Ascomycot filumiga 9 ta, Oomycota filumiga 3 ta turi, Botrytis turkumida 5 ta, Puccinia, Penicillium, Aspergillus turkumlarida 4 ta, Melampsora, Phyllostistaga 3 ta hamda qolgan turkumlarda 1–2 tadan turlar qayd qilingan;
57 ta turdan Toshkent viloyati sharoitida keng tarqalgan 22 ta zamburug‘ turi piyoz o‘simligiga zarar keltirishi isbotlangan;
haqiqiy parazitlarga soxta un-shudring, zang, qorakuya va fakul`tativ parazitlarga al`ternarioz, botritioz, fuzarioz, fomoz, kladosporioz, aspergillyoz, penisillyoz kasalliklarini qo‘zg‘atgan zamburug‘ turlari zararlashi isbotlangan;
biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlari piyoz o‘simligining har xil a’zolarini jumladan, soxta un-shudring kasalligini qo‘zg‘atuvchi P. Schleideniana zamburug‘i piyozning o‘suvchi a’zolarini, piyoz bo‘g‘zini zararlovchi B.cinerea o‘simlikning barg, gulpoya, gullari, urug‘i, piyozboshi, ildizini hamda zang kasalliklari guruhiga kirgan turlar asosan bargini, chirish kasalligini qo‘zg‘atgan turlar piyozboshini, piyoz tagini va ildizini kasallantirishi isbotlangan;
piyoz urug‘idan 11 ta zamburug‘ turi, shundan 3 tasi urug‘ning ichki to‘qimalarini B. cinerea, P. schleideniana, U. sepulae zararlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Piyoz o‘simligining zamburug‘ turlari qo‘zg‘atuvchi kasalliklariga qarshi kurash bo‘yicha olib borilgan taqiqotlar natijalari asosida:
piyoz o‘simligining soxta un-shudring kasalligiga qarshi kurashda «Previkur SL 722 s.e.k.» fungisidini qo‘llash usuli Toshkent viloyatining Zangiota tumani «Shuhrat ziyo» va «Islomxo‘ja Nig‘monxo‘ja» fermer xo‘jaliklarida, Qibray tumanida Istiqlol agrofirmasiga qarashli «Temir qadam Nosirov Abdirayim» va «Salar fayz» fermer xo‘jaliklarida jami 6,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 07/23-655-son ma’lumotnomasi). Natijada piyozning soxta un-shudring kasalligiga qarshi «Previkur SL 722 s.e.k.» 1 kg/ga sarf-me’yorida ishlov berilganda hosildorlik gektariga 39,6 tonnani va rentabellik 164,2% tashkil etgan;
piyoz o‘simligining o‘suv davrida va mahsulotni saqlashda uchraydigan kasalliklarga qarshi «Pergado F., s.d.g.» fungisidi qo‘llangan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 07/23-655-son ma’lumotnomasi). Bunda piyozning fuzorioz chirishga qarshi biologik samaradorligi 15-30 kundan keyin ishlov berilganda 92,2 foizga va 45 kundan keyin ishlov berilganda esa 69,6 foizni tashkil etgan.