Xasanov Nodirxon Dadaxanovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yassaviylikka doir manbalar va «Devoni hikmat» tadqiqi», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil2.

Ilmiy maslahatchi: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc 27.06.2017.Fil.46.01.

Rasmiy opponentlar: Homidiy Homidjon, filologiya fanlari doktori,  professor; Boltaboev Hamidulla, filologiya fanlari doktori, professor; Salohiy Dilorom, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Yassaviyning ma’rifatparvarlik faoliyati, turkiy tasavvuf adabiyotini shakllantirishdagi tarixiy xizmatlarini belgilash; «Devoni hikmat»ning til xususiyati, ifoda tarzi; turkiy adabiyotdagi mavqei va mumtoz adabiyot taraqqiyotiga ta’sirini har tomonlama yoritish; uning ma’no, timsol, ramz va istilohlardagi o‘ziga xosliklarini ko‘rsatishdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Ahmad Yassaviy turkiy adabiyotda hikmatnavislik tajribasini boshlab berilishi «Devoni hikmat» hikmatlarining o‘ziga xosliklari asosida isbotlangan;

«Devoni hikmat»ning irfoniy ma’no, axloqiy‑didaktik mohiyati, ularni o‘ziga xos badiiy tasvir usullari asosida aks ettirilganligi ochib berilgan;

Turkiy adabiyotda hikmatnavislik maktabining yuzaga kelish tarixi va taraqqiyot yo‘llari aniqlangan hamda ushbu maktabning Hakim ota (Sulaymon Boqirg‘oniy), Shayboniy, Ubaydiy kabi vakillari adabiy merosiga Yassaviy an’analarining ta’siri qiyosiy‑tipologik nuqtai nazardan ko‘rsatilgan;

Ahmad Haziniy va Olim Shayxning hayoti hamda ilmiy faoliyati ilk bora yassaviyshunoslikning muhim manbasi sifatida ochib berilgan;

Markaziy Osiyoda tasavvuf ta’limotining takomili va unda Ahmad Yassaviy hamda izdoshlarining ulkan mavqei Alisher Navoiyning «Nasoyim ul‑muhabbat» asaridagi fikrlar asosida, shuningdek, Yassaviyning Navoiy ijodiga ta’siri izdoshlikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida asoslangan;

Shayboniy va Ubaydiyning Yassaviyga izdoshligi til xalqonaligi, o‘zbek mumtoz adabiyotida ushbu til badiiy imkoniyatlarini namoyon qilishi ular she’riyatidagi mushtarakliklar asosida belgilab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Yassaviylikka doir manbalar va «Devoni hikmat» tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Xoja Ahmad Yassaviy hamda uning izdoshlari hayoti, ijodiyoti va ta’sirlari bo‘yicha O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori institutida 2007–2011 yillarda bajarilgan FA‑F8‑032 raqamli «15 jildli o‘zbek fol`klori va adabiyoti tarixi» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2015 yil 4 avgustdagi FTK‑03‑13/524‑son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar «Xoja Ahmad Yassaviyning hayoti, ijodi va ta’limoti», «Devoni hikmat», uning g‘oya, mazmun va til masalalari», «Hikmatnavislik an’anasining o‘zbek adabiyotidagi taraqqiyoti», «Yassaviy ijodining o‘zbek adabiyoti namoyandalari ijodiga ta’siri» mavzularidagi obzor va personaliya ilmiy maqolalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;

Yassaviylikka doir manbalar yuzasidan chiqarilgan nazariy xulosalar hamda izlanishlar natijasida aniqlangan «Devoni hikmat»ning yangi namunalariga doir umumlashmalardan 8F‑151 raqamli «Adabiyot ensiklopediyasi» ilmiy loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2016 yil 17 avgustdagi FTK‑0313/528-son ma’lumotnomasi). Natijada «Devoni hikmat» nashrlari qiyosi yangi topilgan manbalar va Ahmad Yassaviyning mualliflik masalasiga muayyan aniqliklar kiritish imkonini bergan;

tadqiqot materiallari va xulosalaridan Najdat To‘sunning “T`rkistan derviyulerinden yadigar. Orta Asya T`rkzesiyle yazelmeyu tasavvufi eserler” (Estanbul, 2011), “Ahmed Yesevi” (Ankara, 2015), Hayoti Bijening “Hoca Ahmed Yesevi. Divan-e Hikmet” (Ankara, 2009) va “Pir-i T`rkistan Hoca Ahmed Yesevi” (Estanbul, 2011) ilmiy asarlarida foydalanilgan. Yassaviylikka doir mavjud ilmiy va tarixiy manbalarga aniqlik kiritish hamda Yassaviy adabiy merosiga yangicha yondashish tamoyillarini boshlab bergan. Izlanishlar natijasida topilgan hikmatlarning «Devoni hikmat» nashrlarida tutgan o‘rni oydinlashtirilgan hamda Ahmad Yassaviyning hayoti, ta’lim‑tarbiyasi, sayru suluki va turkiy yozma adabiyot taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini tadqiq etishga doir yangi adabiy manbalar ilmiy muomalaga kiritilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish