Bekbergenova Gulaim Ayjarikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Hozirgi qoraqalpoq tilida otning sub’ektiv baho formalari», 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1050.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdinazimov Shamshetdin Najimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi qoraqalpoq tilida otning sub’ektiv baho formalari, ularning tabiati, semantikasi, ifodalanish usullari va uslubiy o‘ziga xosliklari, etnomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hozirgi qoraqalpoq tilidagi affiksatsiya, otning kelishik va egalik formalari, ko‘plik qo‘shimchalari, qo‘shma so‘zlar, juft va takroriy otlar, ba’zi so‘z turkumlarining ot bilan birga kelishining (otlarga «degen» fe’lini qo‘shib qo‘llash, «bireo‘» soni, «mish/-mish-/emish» yuklamasi) sub’ektiv baho yasashdagi so‘zlovchining ma’lum kishiga, predmetga bo‘lgan sub’ektiv munosabati, pozisiyasi, bahosi ko‘rsatilib, insonlar o‘rtasidagi turli emotsional munosabatlarni ifodalash kabi funksional ahamiyati aniqlangan;
Qoraqalpoq tilidagi otning sub’ektiv baho formalari og‘zaki nutqda gapga qo‘shimcha kichraytirish, erkalash, hurmat, kamsitish, kinoya, mensimaslik, yomon ko‘rish, nafratlanish kabi emotsional-ekspressiv bo‘yoq berishi isbotlangan;
ot sub’ektiv baho shakllarining sintetik (maxsus affikslar va affiksoidlar) va analitik formalar (qisqartma kishi ismlari, atoqli kishi ismlarining qarindoshlik atamalari) bilan birikib kelishi hamda qo‘shma so‘zlar va grammatik kategoriyalar (kelishik va egalik) yordamida yasalishi (takror va juft so‘zlar) dalillangan;
sub’ektiv baho yasovchi otlarning ifodalaydigan ma’nolariga ko‘ra kichraytirish, erkalash, hurmat, kamtarlik, rag‘bat va kamsitish-kinoya shakllari ajratilgan holda, bu ma’nolar maxsus kichraytirish affikslari -sha//-she, -shaq//-shek, -shiq//-shik, erkalash affikslari –gene, -shaq, -laq,-tay, hurmat, kamtarlik, rag‘bat shakllari -ay/-ey, -y, -әke/ -eke, -shaq/ -shek, affiksoidlar -jan, -xan, -tay, -әke/-eke, chiqish kelishigi, egalik shakllari, shuningdek kishi ismlarining qarindoshlik atamalari bilan birikib kelishi va kishi ismlarini qisqartirish orqali, takror, juft so‘zlar va ba’zi so‘z qo‘shish hodisalari orqali ifodalanishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilida otning sub’ektiv baho formalarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hozirgi qoraqalpoq tilidagi otning sub’ektiv baho formalarining ifodalanish usullari va ularning funksional ahamiyatini aniqlash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi loyihani amalga oshirishda, ayniqsa ot sub’ektiv baho formalarining shakllanish jarayonlari, grammatik shakllarning sub’ektiv bahoni hosil qilishdagi vazifasi tadqiqotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 21 apreldagi 82/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq tilidagi ot sub’ektiv baho formalarining adabiy tilga xos uslubiy qo‘llanilishi, orfografik, grammatik o‘lchovlar asosida yozilishi ta’minlangan;
sub’ektiv baho formalarining og‘zaki nutqda gapga qo‘shimcha emotsional-ekspressiv ma’no berish xususiyatlari qoraqalpoq xalqining milliy etika qadriyatlarini qayta tiklash, etnomadaniyatini aks ettirish bilan bog‘liq materiallar Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Adabiyot bo‘stoni», «Gavhar so‘zlar», «Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston» hamda «Yoshlar uchun», «Meros» radioeshittirishlari orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 apreldagi 01-02/238-son ma’lumotnomasi). Natijada, ot sub’ektiv baho formalarining so‘z yasalishi, grammatik formalarning shakllanishi bilan bog‘liq lingvistik ma’lumotlar va materiallarning keng jamoatchilikka tanishtirilishi orqali ko‘rsatuv va eshittirishlarning madaniy-ma’rifiy ahamiyatining oshirilishiga erishilgan;
ot sub’ektiv baho shakllarining sintetik, analitik formalar va grammatik kategoriyalar yordamida yasalishi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida shoir ijodida o‘z aksini topgan sub’ektiv baho shakllarining lingvistik tahliliga oid ilmiy ma’lumotlar olishda samarali foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 19 apreldagi 2-03/800-son ma’lumotnomasi). Natijada, shoir Berdaq asarlari matnidagi sub’ektiv baho formalarining semantik, uslubiy vazifalari, emotsional-ekspressivlikning ifodalanishi, ularning shakllanishida xalq tilining tutgan o‘rni, ilmiy salmog‘i haqida batafsil ma’lumotlar berishga erishilgan;
sub’ektiv baho formalari ijtimoiy asoslar bilan bog‘liq amaliy tavsiyalar tarzida kichik maktab yoshidagi bolalar bilan diskurslarda og‘zaki nutq uslubida uslubiy xatolarni bartaraf etishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 19 apreldagi 02-01/5-1954-son ma’lumotnomasi). Natijada, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan diskurslarda maktab o‘quvchilari bilan ishlash jarayonida amaliyotga adabiy til me’yorlari tatbiq etilgan va yosh avlodni milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalashda, so‘z etiketi me’yorlarini saqlash, uslubiy qoidalar asosida fikr almashishiga erishilgan.