Abduraxmonov Xasan Ibroximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy yoshlar dunyoqarashida innovatsion tafakkurni shakllantirishning ijtimoiy omillari», 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fal556.
Ilmiy rahbar: Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.06.2020.Fal.60.04.
Rasmiy opponentlar: G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Qambarov Abdumutal Axadjonovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi zamonaviy yoshlar dunyoqarashida innovatsion faollikni shakllantirishga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim, fan va ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sharoitlarning samaradorligi dunyoni sezish, dunyoni idrok etish, dunyoni tushunish va baholash mutanosibligining natijasi ekanligi, yoshlarda innovatsion tafakkurni shakllantirishning falsafiy, ijtimoiy, madaniy omillari mamlakat taraqqiyotining istiqbollari bilan bog‘liq ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan; 
yoshlar o‘zlarining dunyoqarashini real hayotga tatbiq etish strategiyasiga ega bo‘lishi ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlarga bevosita bog‘liqligi, muayyan qadriyatlar, bilimlar va xulq-atvor modellarini o‘z dunyoqarashiga singdirish orqali ularni o‘z hayotining mazmuni sifatida qabul qilishi va ijtimoiy sub’ekt sifatida harakat qilishi, tafakkurni shakllantirishga kuchli ta’sir ko‘rsatishi haqiqiy ijtimoiy-tarixiy sharoitlar va mafkura kabi vositalarga bog‘liqligi falsafiy jihatdan ochib berilgan;
innovatsion faoliyatni shakllantirish mexanizmi sifatida yoshlar tafakkurida maqsadni belgilash, integratsiyalashuv va kommunikativlikka  erishish omillari hamda ratsional va texnologiyaga asoslanuvchi intellektual salohiyatni yanada kengaytirish jamiyat barqarorligini ta’minlash vositasi ekanligi isbotlangan; 
innovatsion tafakkur, munosabatlar, ehtiyojlar va qiziqishlarni ijtimoiy faollikni namoyon etish orqali davlat va jamiyat boshqaruvida yoshlar dunyoqarashida innovatsion tafakkurni, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, innovatsion faollikni tashkil etishda gumanizmga asoslanishning yangi texnologiyalari falsafiy jihatdan ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy yoshlar dunyoqarashida innovatsion tafakkurni shakllantirishning ijtimoiy omillariga oid olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari:
besh tashabbus innovatsion faoliyatni shakllantirish mexanizmi sifatida yoshlar tafakkurida maqsadni belgilash va unga erishish omili sifatida amal qilishi jamiyat barqarorligini ta’minlashning vositasi ekanligi haqidagi xulosa va g‘oyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi dasturining “Partiyaning ijtimoiy sohani rivojlantirish sohasaidagi vazifalari” IV bobidagi vazifalardan kelib chiqib, Yoshlar qanotining reja va dasturlarini ishlab chiqishda hamda ularning samarali ijrosini ta’minlashda keng foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2021 yil 18 fevraldagi 01-27/132-son dalolatnomasi). Natijada ilmiy xulosalar va tavsiyalar partiya faoliyatidagi dolzarb masalalarni samarali hal etishda muhim rol` o‘ynagan;
yoshlar dunyoqarashida diniy va ilmiy bilimlar mutanosibligiga erishish siyosiy va ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini tushunish, ular tafakkurida demokratik islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish omili ekanligi g‘oyalari “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarda hamda targ‘ibot jarayonlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2021 yilning 08 fevraldagi 04-13/210-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarda hamda targ‘ibot jarayonlari nazariy asoslar bilan boyitilgan;
innovatsion tafakkur, innovatsion munosabatlar, ehtiyojlar va qiziqishlarni, umuman innovatsion faoliyatni va ijtimoiy foydali amaliy faoliyat jarayonida uni innovatsion xulq-atvorni namoyon etish orqali anglashga va aks ettirishga qaratilgan ilmiy amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2021 yilning 23 fevraldagi 02/07-210-son dalolatnomasi). Natijada sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning yoshlar tafakkurida uzoq umr ko‘rish kafoloti, sog‘lom avlodni tarbiyalash va ijtimoiy  barqarorlikni ta’minlash mexanizmi  sifatida amal qilishi g‘oyalari targ‘ibot  faoliyatining samaradorligini oshirgan; 
davlat va jamiyat boshqaruvida yoshlar dunyoqarashida innovatsion tafakkurni shakllantirish, yoshlarning innovatsion bilimlar egallashi, ularning mehnat samaradorligini oshirish, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish, innovatsion faollikni tashkil etishda insonparvarlik nomi ostidagi yangi texnologiyalardan unumli foydalanish masalalarini hal etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 09 martdagi 02-03/1487-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi va uning mintaqaviy filiallarida davlat va jamoat tashkilotlari, diniy-ma’rifiy soha xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarining mazmuni va mundarija qamrovi kengaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish