Samigova Xushnuda Botirovnaning

fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek nutq madaniyati ritorik aspektining chog‘ishtirma tadqiqi», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2017.1.DSc/Fil45.

Ilmiy maslahatchi: Boqieva Gulandom Xisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.

Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xoshimov G‘anijon Mirzaxmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Luiz Selvestr, filologiya fanlari doktori, professor (Vestminister universiteti, London).

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy  universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillaridagi dialogik nutqning ritorik aspektda milliy va umumiy jihatlarini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ingliz va o‘zbek tillarida dialogik nutq ta’sirchanligining oshishida xizmat qiluvchi fonetik, morfologik, leksik va sintaktik til sathlariga oid lisoniy birliklar dalillangan; 

dialogik ritorikaga tadqiq etilayotgan tillarning farqli va umumiylik jihatlarini namoyon etuvchi parafonetik va parakinetik vositalar isbotlangan;

lingvomadaniy va gender aspektlarda dialogik ritorikaning milliylik hamda umumiylik xususiyatlarni aks etuvchi lisoniy vositalar asoslangan;

dialogik ritorikada keng qo‘llaniluvchi mavzularga oid lingvistik vositalarning nutqda qo‘llanishiga ko‘ra faollik darajasi o‘rtasidagi farqlar ishlab chiqilgan;

tadqiq etilayotgan tillardagi dialogik ritorikada ijobiy va salbiy ma’noga ega til birliklari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

dialogik ritorikada eng faol mavzular bilan aloqador lingvistik vositalarga oid ikki tildagi materiallar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» (roman-german tillari) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida  amaliy tarjima, tarjima nazariyasi va tarixi kabi fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan («O‘zStandart» davlat agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 36.1409:2014-son qarori bilan tasdiqlanib, 5018-son raqami bilan ro‘yxatga olingan). Taklif etilgan materiallar tarjima jarayonida tillarga doir milliy-madaniy xususiyatlar muammosini echishga va ularni tarjima qilish usullarini  yoritib berishga yordam bergan;

o‘zbek tilida dialogik ritorikaga oid lingvistik va ekstralingvistik omillar, ushbu tilda nutqiy formulalarga doir lisoniy vositalar bilan aloqador materiallardan O‘zbek tili va adabiyoti muzeyining F1FA – 0-55746 FA – F1 – G022 raqamli «Markaziy Osiyo xalqlari adabiy qo‘lyozma yodgorliklari, O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini to‘plash, ilmiy tavsiflab nashr qildirish va ularning muzey vositalari orqali namoyish qilish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida (2012–2016) foydalanilgan (FTKning 2016 yil 4 noyabrdagi 03-13/746-son ma’lumotnomasi).Natijadamuzeydagi Alisher Navoiy zalining «Muhokamat ul-lug‘atayn» qismi, Bobur va Boburiylar ekspozisiyasi bilan aloqador muzey arxivi mavzuga oid ilmiy materiallar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilgan;

o‘zbek tilida dialogik ritorikaning lingvomadaniy xususiyatlarini tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar, jumladan, o‘zbek tilida dialogik ritorikada eng faol mavzular asosida aniqlangan nutqiy formulalarga oid materiallar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining «5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish»  (o‘zbek filologiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishida hozirgi o‘zbek tili, ona tili va adabiyot o‘qitish metodikasi kabi fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan («O‘zStandart» davlat agentligining 2014 yil 10 oktyabrdagi 36.1542:2014-son qarori bilan tasdiqlanib, 5164-son raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Taklif etilgan materiallar ta’lim jarayonida o‘zbek tili nutq madaniyatiga oid milliy xususiyatlar muammosi hamda dialogik muloqot jarayonida nutqiy samaradorlikka erishishdagi muammolarni bartaraf etish, universitet talabalarini o‘zbek tili nutq madaniyatiga oid bilimlarini yanada takomillashtirish, ularning ta’sirchan va ifodali so‘zlashga doir ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish