Vasiev Alisher Samievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari kapitalining barqarorligini oshirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1495.
Ilmiy rahbar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklari kapitalining barqarorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq muddatli subordinar qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish orqali tijorat banklari kapitalining barqarorligini ta’minlash asoslangan; 
tijorat banklarining o‘z mablag‘lari manbaalari tarkibida emission daromad hajmini oshirish hisobiga ularning moliyaviy barqarorligi va kapitallashuv darajasini 35 foizga oshirish imkoniyati aniqlangan;
banklarda mustaqil balansga ega bo‘lmagan shu’ba korxonalarini tashkil etish asosida qo‘shimcha kapitali tarkibida moliyaviy mablag‘larni hajmi va kapitallashuv darajasini 20 foizga  oshirish asoslangan;
tijorat banklari imtiyozli aksiyalarining 10 foizgacha bo‘lgan ulushini xorijiy investorlarga sotish orkali ularning xorijiy valyutalarga bo‘lgan extiyojini ta’minlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklari kapitali barqarorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzoq muddatli subordinar qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish orqali tijorat banklari kapitalining barqarorligini ta’minlash taklifi ATB “Qishloq qurilishbank“ kredit siyosatiga kiritilgan  (ATB “Qishloq qurilish bank“ning 2019 yil 21 oktyabrdagi 04/27-25-9598-son ma’lumotnomasi), Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bankning qo‘shimcha kapitali hajmi o‘tgan hisobot davriga nisbatan 18 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan; 
tijorat banklarining o‘z mablaglari manbaalari tarkibida emission daromad xajmini oshirish hisobiga ularning moliyaviy barkarorligi va kapitallashuv darajasini oshirish taklifi ATB “Qishloq qurilishbank“  va ATB “Mikrokreditbank“  kredit hamda xisob siyosatida o‘z aksini topgan (ATB “Qishloq qurilish bank“ning 2019 yil 21 oktyabrdagi 04/27-25-9598-son, “Mikrokreditbank“  ATBning 2019 yil 4 noyabrdagi 13-28/11989-ma’lumotnomalari), Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida bankning aksiyalari, asosan oddiy aksiyalari bozor baxosini 30-35 foizga oshirishga, shuningdek depozit sertifikatlarini joylashtirishdan tushgan mablag‘larni bankning daromad keltiruvchi aktivlariga joylashtirish orqali bank tomonidan qo‘shimcha ravishda 12,8 mlrd. so‘m miqdorida foyda olishga erishilgan;
banklarda mustakil balansga ega bulmagan shu’ba korxonalarini tashkil etish asosida kushimcha kapitali tarkibida moliyaviy mablaglarni xajmi va kapitallashuv darajasini oshirish taklifi ATB “Qishloq qurilishbank“  amaliyotiga joriy qilingan (ATB “Qishloq qurilish bank“ning 2019 yil 21 oktyabrdagi 04/27-25-9598-son ma’lumotnomasi),   Natijada bank tomonidan “Obod kishlok” Davlat Dasturini amalga oshirishda xududlarda uy-joylarni kurishga yunaltirilgan moliyaviy mablaglar xisobidan oladigan daromad manbasini 20 foizga kupaytirishga erishilgan.
tijorat banklari imtiyozli aksiyalarining 10 foizgacha bulgan ulushini xorijiy investorlarga sotish ork;ali ularning xorijiy valyutalarga bulgan extiyojini ta’minlash taklifi ATB “Qishloq qurilish bank“ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB “Qishloq qurilish bank“ning 2019 yil 21 oktyabrdagi 04/27-25-9598-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etilishi natijasida bank tomonidan yiliga qo‘shimcha 300 mln AQSh dollarini jalb qilish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish