Shirinov Uchqun Abduxalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarda segmentar hisob va auditni takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt225.
Ilmiy rahbar: Isroilov Bahodir Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Islom Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarda segmentar hisob va auditni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hisob siyosatiga 9000 - “Asosiy faoliyatning daromadlari”ni hisobga oluvchi ishchi schyot tarkibida bosh ofis, filiallar va telekommunikatsion bog‘lamalari daromadlarini yuritish uchun to‘rt darajali ierarxik schyotlar tizimi taklif etilgan;
bosh ofisda yagona hisob-kitob tizimini joriy etish natijasida aloqa xizmatlari sub’ektlari filiallari va bog‘lamalarining bank xizmatlari xarajatlari miqdorini 40 foizgacha kamaytirish asoslangan;
hisob siyosatiga mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tan olish va ulardan uzluksiz foydalanish tartiblarini kiritish asosida mijozlar bilan hisob-kitoblar, daromadlar hamda debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobini yuritishning aniqligi va tezkorligini oshirishga erishilgan;
aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarda segmentar hisobotlarning javobgarlik markazlari bo‘yicha kun, oy va yillar kesimida aks ettirish shakllari hamda ularni ichki auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning tartiblari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarda segmentar hisob va auditni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hisob siyosatiga 9000 - “Asosiy faoliyatning daromadlari”ni hisobga oluvchi ishchi schyot tarkibida bosh ofis, filiallar va telekommunikatsion bog‘lamalari daromadlarini yuritish uchun to‘rt darajali ierarxik schyotlar tizimini kiritish orqali axborotlar qamrovini kengaytirish borasidagi taklifi “O‘zbektelekom” AKning hisob siyosatiga kiritilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2021 yil 4 maydagi 27-03-08/1972-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalar korxonaning hisob siyosatiga joriy etilishi daromadlar hisobini bosh ofis, filiallar va bog‘lamalarning daromad guruhlari va turlari kesimida aniq hisoblashga va ma’lumotlar shaffofligini oshirishga xizmat qilgan;
aloqa xizmatlari sub’ektlari filiallari va bog‘lamalari o‘rtasida yagona hisob-kitob tizimini kiritish orqali bank xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalari “O‘zbektelekom” AKning hisob siyosatiga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2021 yil 4 maydagi 27-03-08/1972-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarning “O‘zbektelekom” AK filiallari va bog‘lamalari o‘rtasida bo‘ladigan to‘lovlar bo‘yicha hisob kitoblarga joriy qilinishi natijasida korxonaning bank xarajatlarini 40 % kamaytirishga erishilgan;
hisob siyosatiga mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tan olish va ulardan uzluksiz foydalanish tartiblarini kiritishga qaratilgan taklifi “O‘zbektelekom” AKning hisob siyosatiga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2021 yil 4 maydagi 27-03-08/1972-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni joriy etilish natijasida billing tizimlarida shakllangan daromadlar, mijozlar bilan hisob-kitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish aniqliligi va tezkorligini oshishiga imkon bergan;
aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlarda segmentar hisobotlarning javobgarlik markazlari bo‘yicha kun, oy va yillar kesimida aks ettirish shakllari hamda ularni ichki auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning yangi uslubiy jihatlari “O‘zbektelekom” AK faoliyatining hisob siyosatiga va ichki audit to‘g‘risidagi nizomiga joriy etilgan (“O‘zbektelekom” AKning 2021 yil 4 maydagi 27-03-08/1972-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalarni joriy etilish natijasida ichki nazoratning samaradorligining oshishi, segmentar hisobotlari ma’lumotlari asosida qabul qilinayotgan boshqaruv qarorlari o‘z vaqtidaligi va sifatining oshishiga erishilgan.