Juraev Vays Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida avtomobil` yo‘llari, aerodromlar uchun polimer-bitum kompozisiyalari yaratish», 02.00.08 - Neft` va gaz kimyosi va texnologiyasi, 02.00.14 - Organik moddalar texnologiyasi va ular asosidagi materiallar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2183.
Ilmiy rahbarlar: Turabdjanov Sadritdin Maxamatdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibadullaev Axmadjon Sobirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Miraxmad Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida avtomobil` yo‘llari, aerodromlar uchun polimer-bitum kompozisiyalar yaratish, ularni yotqizish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
neft`-gazni qayta ishlash sanoati chiqindilari asosida tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatiluvchi, issiqqa, sovuqqa , ishqalanishga, cho‘zilishga va siqilishga chidamli polimer-bitum kompozisiyalari olish uchun modifikatorlar yaratilgan;
eskirgan rezina-texnika buyumlari va shinalarni mexanik kuchlar asosida maydalab o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatiluvchi, polimer-bitum kompozisiyalari olish uchun ko‘p funksiyali ingredientlar yaratilgan;
yo‘l qurilishida ishlatiluvchi bitumlarni yaratilgan modifikator va ingredientlar bilan modifikatsiya qilish tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan; 
yaratilgan modifikator va ingredienlarning polimer-bitum kompozisiyasini issiqqa, sovuqqa, ishqalanishga, cho‘zilishga, siqilishga chidamliligiga va reologik, texnologik, fizik-mexanik, dinamik xossalariga ta’siri aniqlangan;
yaratilgan ingredientlar asosida tez o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlatiladigan issiqqa, sovuqqa, ishqalanishga, cho‘zilishga va siqilishga chidamli polimer-bitum kompozisiyalari tarkibi hamda olish va ishlatilish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyolar asosida avtomobil` yo‘llari va aerodromlar uchun polimer-bitum kompozisiyalari tarkibini, olish va yotqizish texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida yo‘l bitumlarini modifikatsiya qilish tarkibi va texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining bitum ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2021 yil 11 iyundagi 02-02/40-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqarilayotgan bitumlarning yumshash haroratini 104 °S gacha ko‘tarish, kristallanish haroratini -30 °S gacha kamaytirish hamda ishlab chiqarish hajmini 27 %  gacha oshirish imkonini bergan;
modifikatsiya qilingan bitum va mahalliy organomineral xomashyolar asosida yo‘l qoplamalari olish tarkibi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 15 iyuldagi 02-2917-son ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil` yo‘llar uchun issiqqa (˃120 °S), sovuqqa (˃-30 °S) chidamli polimer-bitum kompozisiyalari olish imkonini bergan;
modifikatsiya qilingan bitum va mahalliy organomineral xomashyolar asosida yo‘l qoplamalari uchun polimer-bitum kompozisiyasi olish texnologiyasi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi tasarrufidagi korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 15 iyuldagi 02-2917-son ma’lumotnomasi). Natijada, yo‘l qoplamalarini yumshash haroratini uch, kristallanish haroratini ikki, xizmat qilish vaqtini 4-5 barobarga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish