Juraev Akbar Shavkatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gidravlik tizimlarning ishlashini takomillashtirish asosida kar`er gidravlik ekskavatorlarning ekspluatatsion samaradorligini oshirish», 04.00.16 – Konchilik mashinalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2072.
Ilmiy rahbar: Abduazizov Nabijon Azamatovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/04.06.2021.T.06.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Ilxom Pulatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Annaqulov To‘lqin Jovbekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidravlik tizimi ishini takomillashtirish asosida kar`er ekskavatorlarining ekspluatatsion samaradorligini oshirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidravlik ishchi suyuqlikning ifloslanish darajasi uning ekspluatatsiya davomiyligiga bog‘liqligi o‘rnatildi va ushbu bog‘liqlik asosida ishchi suyuqlikning ifloslanganlik darajasini gidravlik tizimi qismlarining ish resursiga ta’sirini matematik modeli ishlab chiqilgan;
gidravlik tizim sal`nikli zichlagich qattiqligi oshishining yuqori va keskin past haroratlarga bog‘liqligi o‘rnatildi hamda sal`nikli zichlagichlarning tarkibiga 1,21% miqdorida ankerit (Cf(Vg,Fe)[CO3]2), 0,39% miqdorida sul`fat sink (ZnS) va 0,22 % miqdorida sul`fat kaliy (K2SO4) elementlarini qo‘shish, sal`nikli zichlagichning yuqori va keskin past harorat ta’siri ostida mo‘rtlashishini bartaraf etish imkonini berishi aniqlangan;
kar`er ekskavatorlari gidravlik tizimidagi zichlagichlarning emirilish intensivligining matematik modeli ishlab chiqilgan va ushbu model` asosida gidravlik tizimdagi zichlagichlar emirilish intensivligini bashoratlash imkonini beruvchi dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
fil`trda ushlab qolingan ifloslovchi zarrachalar o‘lchamlarining kattaligi va miqdori fil`tr tanasining qalinligi, g‘ovaklilik miqdori va g‘ovaklari o‘lchamlarining kattaligiga bog‘liqligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Gidravlik tizimlar ishlashini takomillashtirish va kar`er gidravlik ekskavatorlarining ekspluatatsion samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
gidravlik ekskavatorlarning gidravlik tizimi zichlagichlari «Navoiy kon metallurgiya kombinati» DK «Aristantau» kar`erida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 07 iyuldagi 02-06-07/7024-son ma’lumotnomasi). Natijada, RH-40E rusumli kar`er gidravlik ekskavatorlarida qizib ketish va bosimning oshishi tufayli gidravlik ishchi suyuqliklarning oqib ketishini 45% ga kamaytirish imkonini bergan;
yuqori bosimli shlang fitingining yangi konstruksiyasi «Navoiy kon metallurgiya kombinati» DK «Aristantau» kar`erida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 07 iyuldagi 02-06-07/7024-son ma’lumotnomasi). Natijada, RH-40E rusumli kar`er gidravlik ekskavatorlarida gidravlik ishchi suyuqliklarning oqib ketishi bilan bog‘liq avariyalar sonini 75% ga kamaytirish imkonini bergan;
gidravlik g‘ovakli fil`tr «Navoiy kon metallurgiya kombinati» DK «Aristantau» kar`erida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2021 yil 07 iyuldagi 02-06-07/7024-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidravlik ishchi suyuqliklar tarkibidagi 0,3 mkm o‘lchamgacha bo‘lgan ifloslovchi zarrachalardan tozalash va kar`er ekskavatorining ekspluatatsion samaradorligini 40% ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish