Ortiqboev Jaxongir Ortiqboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sindializ arterial gipotoniyaning klinik va patogenetik mexanizmlari: davolashni optimallashtirish va profilaktikasi» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1328.
Ilmiy rahbar: Daminov Botir Turg‘unpo‘latovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sabirov Maqsud Otabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi sindializ arterial gipotoniyaning klinik-patogenetik mexanizmlari va dastruriy gemodiliz bilan davolanayotgan bemorlarda uning kechishi xususiyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sindializ arterial gipotoniya bor bemorlarda bioimpedansometriya usuli yordamida tana to‘qimasi tarkibidagi o‘zgarishlar xamda nutritiv xolat dinamikasi aniqlangan;
gemodializ bilan davolanayotgan bemorlarda sindializ arterial gipotenziyasining rivojlanishi bilan dializlararo vazn ortishi va ultrafiltratsiya hajmi kabi turli omillar ta`siri, shuningdek ularning mutlaq qiymatlarining "quruq" vaznga nisbati aniqlangan;
intradializ gipotoniya xolatlarida natriy, paratgormon, temir, gidroksid fosfataza, ferritin, magniy kabi laboratator ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi bilan klinik belgilar ifodalanganlik darajasi orasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
dasturlashtirilgan gemodializ bilan davolanayotgan bemorlarda gemodializ seansi vaqtida arterial qon bosimi o‘zgarishining nisbiy ko‘rsatkichlari va qator klinik-laborator ma’lumotlar orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sindializ arterial gipotoniyaning klinik va patogenetik mexanizmlarini o‘rganish, davolash taktikasini optimallashtirish va bemorlarda sindializ arterial gipotenziya profilaktikasining muqobil usularini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sindializ arterial gipotoniya profilaktikasi buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Sindializ arterial gipotoniya profilaktikasining usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 apreldagi 8n-d/144-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma buyrakning surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlarda gemodializning takror seanslarida sindializ arterial gipotenziya rivojlanishini 2,5 baravar pasaytirish imkonini bergan;
sindializ arterial gipotoniya rivojlanishi algoritmi buyicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Sindializ arterial gipotoniya» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 apreldagi 8 n-d/144-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma rivojlanadigan sindializ arterial gipotoniyaning tashxislash va oldini olish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
sindializ arterial gipotoniya rivojlanishi, davolash va profilaktikasi buyicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali, akademik Ya.X.Turakulov nomidagi maxsus endokrinologiya ilmiy amaliy markazi, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 noyabrdagi 08-09/18008-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq etish davolash samaradorligi oshirib, gemodializ vaqtida sindializ arterial gipotoniyaning kelib chiqishini oldini olish va bemorlarning umumiy axvoli yaxshilanishiga, shu bilan birga gemodializni ko‘tara olish va samaradorligining oshishi, shuningdek sindializ arterial gipotenziyaning rivojlanish sonining pasayishi imkonini bergan.