Muradimova Al`fiya Rashidovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qon-tomir demensiya patogenezining klinik-neyrotrofik omillari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1091.
Ilmiy rahbar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raimova Malika Muxamedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarkand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qon tomir demensiya bilan xastalangan bemorlarda xolinergik terapiya dinamikasida klinik, nevrologik, kognitiv holati va qon zardobidagi BDNF, CNTF neyrotrofik omillarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor ateroskleroz va arterial gipertenziya genezli qon tomir demensiya bilan xastalangan bemorlarda demensiya rivojlanish darajasi aniqlangan;
qon tomir demensiya bilan xastalangan bemorlarda bosh miya tuzilishining neyrovizualizatsion tasviri bilan demensiya darajasi orasida o‘zaro to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik aniklangan;
qon tomir demensiya bilan xastalangan bemorlarda qon oqimining buzilish ko‘rsatqichlari va braxiotsefal tomirlarning stenoz darajalari bilan demensiya darajasining orasida to‘g‘ri mutanosiblik aniqlangan;
ilk bor qon tomir demensiyaning diagnostikasi va prognozida qon zardobida neyrotrofik omillarning miya (BDNF) turi ortishi va siliar (CNTF) turi pasayishi aniqlangan;
gipertenziya fonida rivojlangan qon tomir demensiyaning davolash taktikasi xolinergik terapiya kombinatsiyasi bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qon tomir demensiyaning erta skrining qilish va terapiya samaradorligini monitoring qilishga qaratilgan yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qon tomir demensiyaning diagnostika va davolash samaradorligini monitoringlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Neyrotrofinlar-qon tomir demensiyaning diagnostik markerlari" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 8n-d/36–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qon tomir demensiyani erta tashxislash, davolash samaradorligini monitoringlash imkonini bergan;
qon tomir demensiyaning davolash samaradorligini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Qon tomir demensiya: terapiyaga innovatsion yondashuv" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 8n-d/36–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma qon tomir demensiyani davolashda qiyosiy yondashuv davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
qon tomir demensiya bilan xastalangan bemorlarni erta tashxislashni optimallashtirish va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Quva tumanining 2-sonli ko‘p tarmoqli poliklinikasi nevropatologlari, psixo-nevropatologlari va terapevtlari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 2 dekabrdagi 08-09/18980–son ma’lumotnomasi). Olingan tadkikot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi qon tomir demensiyani barvaqt tashxislash, differensial yondashuv asosida davolash samaradorligini oshirish, kasallik avj olishini oldini olish xamda bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.