Xudjaeva Ra’no Mutalibjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingliz va o‘zbek tillaridagi genetik bog‘lanmagan leksik omonimlarning samaradorligi va ularning leksikografik talqini», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil86.
Ilmiy rahbar: Boqieva Gulandom Xisomovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori; Muxammedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillarida genetik bog‘lanmagan leksik omonimlar samaradorligini, ularga ta’sir etuvchi lingvistik va ekstralingvistik omillarni hamda ularning leksikografik talqinini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda genetik bog‘langan va genetik bog‘lanmagan omonimlarning farqlash mezonlari hamda ularning kelib chiqish sabablari asoslangan;
omonimiya hamda polisemiya o‘rtasidagi farq yoritilgan va ularning lug‘atlarda berilish ikki tillik tartibi, zamonaviy lug‘atlarni qiyoslash orqali isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida genetik bog‘lanmagan leksik omonimlarning taraqqiyotiga ta’sir etuvchi lisoniy va nolisoniy omillari tarixiy manbalar orqali dalillangan;
statistik metod asosida genetik bog‘lanmagan leksik omonimlarning semantik, terminologik, stilistik, so‘z yasash, nutqdagi chastotasi va frazeologik samaradorlik darajalari foizlarda hisoblab chiqarilgan;
tarjimonlar, xorijiy tillarni o‘rganuvchilar omonim so‘zlarning barcha ma’nolari bilish muhimligini inobatga olgan holda genetik bog‘lanmagan leksik omonimlar tarjima, izohli va elektron lug‘atini tuzishning uslubiy majmuasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ingliz va o‘zbek tillarida genetik bog‘lanmagan leksik omonimlarning shakllanishi, rivojlanishi, derivatsion va leksikografik xususiyatlarini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
tadqiqot davomida ishlab chiqilgan, ilmiy asoslangan, takomillashtirilgan usullar va leksikografiya taraqqiyotida omonimlarning o‘rni, xususan, izohli, tarjima hamda elektron lug‘atlar tuzishga oid nazariy xulosalar (2009–2012) ITD-1-4-148 raqamli «Xorijiy filologiya magistrlari uchun nazariy va amaliy asosiy chet (ingliz) tili bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmua va uning elektron ifodasini yaratish» innovatsion amaliy loyihasida «Semantics and Wordstructure», «Text Linguistics», «Modern problems of the Theoretical Grammar of English», «Actual Problems of Comparative Typology a Manual for Master’s Department», «Structural Linguistics» kabi adabiyotlarni yaratishga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 6 iyuldagi 89/03/1284-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tillarni o‘rganishda hamda tarjima adekvatligiga erishishda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga asos bo‘lgan;
ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘rganish jarayonida leksikografiya sohasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar (2015–2017) ITD-1, A-1-219 raqamli «Ta’lim tizimida xorijiy til (ingliz) yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida umumevropa kompetensiyalari (SEFR) bo‘yicha S1 darajasini egallashni ta’minlaydigan o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida 1-bosqich talabalari uchun «Vocabulary» adabiyotini yaratishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 12 sentyabrdagi FTA-02-11/638-son ma’lumotnoma). Natijada omonim va polisemantik so‘zlarning farqini anglab tushunish, lug‘atlar bilan ishlash jarayonini osonlashtirishga asos bo‘lgan.