Xidirov Nodir G‘iyosalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarida investision faoliyatni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt726.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalari investision faoliyatini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida investision faoliyatni moliyalashtirish imkoniyatini oshirish maqsadida eksport ulushi kamida 80% bo‘lgan korxonalarga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini qoplashda davlat tomonidan moliyaviy kompensatsiya ajratish tavsiya etilgan;
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish korxonalari va klasterlarning qisqa muddatli investision loyihalarini moliyalashtirish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun tijorat banklari tomonidan revol`ver kredit liniyalarini taqdim etish taklif etilgan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining xom ashyoga bo‘lgan talabini uzliksizligini ta’minlash maqsadida tijorat banklariga paxta xom ashyosini etishtirish va yig‘ib olishni moliyalashtirish uchun valyuta kredit liniyalari jalb qilinishi zarurligi asoslangan;
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining qimmatli qog‘ozlarini fond bozorida birlamchi ommaviy taklif (IPO) asosida sotish orqali investision faoliyatni moliyalashtirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat korxonalarida investision faoliyatni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida investision faoliyatni moliyalashtirish imkoniyatini oshirish maqsadida eksport ulushi kamida 80% bo‘lgan korxonalarga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini qoplashda davlat tomonidan moliyaviy kompensatsiya ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2019 yil 12 fevraldagi PQ-4186-son Qarorida o‘z aksini topgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi 04/16-1924-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar, jumladan, aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdori «Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi» mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan;
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish korxonalari va klasterlarning qisqa muddatli investision loyihalarini moliyalashtirish va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun tijorat banklari tomonidan revol`ver kredit liniyalarini taqdim etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2020 yil 19 maydagi PF-5989 son Farmonida o‘z aksini topgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi 04/16-1924-son ma’lumotnomasi). Natijada tijorat banklari tomonidan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish va klasterlarining aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, korxonalarda ishlab chiqarish zanjirining uzluksizligini ta`minlash va yangi investision loyihalarni moliyalashtirish imkoniyati paydo bo‘lgan.
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining xom ashyoga bo‘lgan talabini uzliksizligini ta’minlash maqsadida tijorat banklariga paxta xom ashyosini etishtirish va yig‘ib olishni moliyalashtirish uchun imtiyozli valyuta kredit liniyalari jalb qilinishi zarurligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Engil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ-4453-son Qarorida o‘z aksini topgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi 04/16-1924-son ma’lumotnomasi). Natijada tijorat banklari tomonidan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining xom ashyoga bo‘lgan talabini uzliksizligini ta’minlash, paxta xom ashyosini etishtirish va yig‘ib olishni moliyalashtirish imkoniyati paydo bo‘lgan.
to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining qimmatli qog‘ozlarini fond bozorida birlamchi ommaviy taklif (IPO (initial public offering)) asosida sotish orqali investision faoliyatni moliyalashtirish taklifi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 22 iyundagi 04/16-1924-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida korxonalarining jalb qilingan mablag‘lar hisobiga o‘z investision faoliyatini moliyalashtirish uchun etarli mablag‘ga ega bo‘lishi ta’minlanadi, mablag‘ etishmovchiligi oldi olinadi, yuridik va jismoniy shaxslarni bo‘sh turgan mablag‘lari harakati ta’minlanadi, bu esa fond bozori orqali pul aylanmasi hajmini oshishiga olib kelgan.