Fayziev Sirojiddin Hayot o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta xomashyosini quritish barabaniga uzatish tizimini resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T1182
Ilmiy rahbar: Raxmonov Xayriddin Qodirovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor, Raxmonov Inom Muxtorovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  quritish barabani uchun paxta xomashyosini issiq havo bilan dastlab aralashtirish imkoniyatini beruvchi yangi konstruksiyadagi vintli aralashtirgich-ta’minlagich konstruksiyasini ishlab chiqish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslash. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosini quritish samaradorligini oshirish maqsadida issiq havo va paxta aralashmasini hosil qiluvchi vintli aralashtirgich-ta’minlagichning yangi konstruksiyasi yaratildi;
aylanuvchi vint parragi sirti bo‘yicha paxta bo‘laklari harakatlanishini ta’minlash hamda uning titilishini yanada jadallashtirish imkoniyatini yaratuvchi vint burchak tezligining optimal qiymatlari nazariy va tajribaviy usullarda aniqlandi;
xar xil haroratlarda paxta xomashyosidan namlikni ajralish miqdorini birinchi marta issiq havo tezligi va zichlikka empirik bog‘liklik konuniyatlari olindi;
vintli ta’minlagichdagi vint sirti yuzasida paxta xomashyosi bo‘laklarining xarakatlanish qonuniyatlari asosida ta’minlagich vintining konstruktiv va texnologik parametrlari nazariy jihatdan aniqlandi; 
toladagi namlikni miqdoriy taqsimlanishini tozalash va jinlash samaradorligiga ta’siri tajribalarda o‘rganildi va birinchi marotaba quritish agentining xar xil haroratlarida va tezliklarida tashqi va ichki diffuziya jarayonining chegaraviy  qiymatlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Quritish barabani uchun paxta xomashyosini issiq havo bilan dastlab aralashtirish imkoniyatini beruvchi vintli aralashtirgich-ta’minlagich konstruksiyasinining parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida;
quritish barabanining uzatish tizimini resurstejamkor texnologiyasi Buxoro viloyatidagi «Kogon paxta tozalash» AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan («Buxoro Agroklaster» MChJ ning 2021 yil 17 iyuldagi 03-989-sonli ma’lumotnomasi), natijada titish va aralashtirgich ishchi a’zosiga ega bo‘lgan ta’minlagich o‘rnatilgan quritish barabanida quritilgan paxta xomashyosi tozalanganda tozalash samaradorligi 16,0% ga oshganligi, olingan tola tarkibidagi nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdori 10,4% kamayganligi aniqlandi;
quritish barabani uzatish tizimining resurstejamkor texnologiyasi Buxoro viloyatidagi «Shofirkon paxta tozalash» AJ da ishlab chiqarishga joriy etilgan («Buxoro Agroklaster» MChJ ning 2021 yil 17 iyuldagi 03-989-sonli ma’lumotnomasi), natijada paxta xomashyosini III va IV navlarini qayta ishlashda yangi ta’minlagich-aralashtirgichni qo‘llash hisobiga optimal 1100S haroratda yuqori namlikni olish imkonini berdi. Bunda mavjud quritish barabaniga sarflanayotgan tabiiy gaz miqdori me’yorga nisbatan 15,0% ga, elektr energiya sarfi 15,0% ga kamayishiga erishildi;
quritish barabanining uzatish tizimini resurstejamkor texnologiyasi Buxoro viloyatidagi «Buxoro Zarxal teks» MChJ ga qarashli Do‘rman paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan. Natijada quritish barabani uchun paxta xomashyosini issiq havo bilan dastlab aralashtirish natijasida tolaning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilovchi va yoqilg‘idan samarali foydalanish imkoniyatini beruvchi titish va aralashtirish ishchi a’zosidan iborat ta’minlash qurilmasini ishlab chiqarishga qo‘llash natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish