Shadmanova  Sidiqa  Kurbonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir miokard infarkti bor bemorlarda o‘tkir ishemik insult rivojlanishi-ning  klinik-funksional prediktorlari», 14.00.13 – Nevrologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib.2198.
Ilmiy rahbar: Xodjieva  Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari  doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘tkir miokard infarkti bor bemorlarda o‘tkir ishemik insult rivojlanishining xavf omillari va klinik-funksional xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishemik insult va miokard infarktining birgalikda rivojlanishiga olib keladigan eng muhim xavf omillari kombinatsiyasi aniqlangan;
ishemik insult va miokard infarktining birgalikda rivojlanganida qorinchalar ekstrasistoliyasi, surunkali yurak etishmovchiligi, miokard infarktdan keyingi kardioskleroz, bo‘lmachalar fibrilyasiyasi, hamda intima-media kompleksining qalinlashuvi, karotid va umurtqa arteriyalarining egriligining prognostik ahamiyati isbotlangan;
bir vaqtning o‘zida rivojlanadigan ishemik insult va miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda uyqu va umurtqa arteriyalari deformatsiyasining yuqori chastotada uchrashi aniqlangan;
ishemik insult va miokard infarkti bo‘lgan bemorlar bosh miyasida katta o‘lchamli supratentorial ishemik o‘choqlarning yuqori chastotasi aniqlangan;  
miokard infarkti bilan birga ishemik insult rivojlanishining  xavfi hisobga olingan holda bemorlarni tekshirishda differensiallashgan yondoshuv asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘tkir miokard infarkti bor bemorlarda kasallikning o‘tkir davrida ishemik insult rivojlanishining klinik-funksional prediktorlarini o‘rganishdan  olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkir miokard infarkti va o‘tkir ishemik insult bo‘lgan bemorlarda kasallikning o‘tkir davrida erta tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘tkir miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarda o‘tkir ishemik insult rivojlanishini oldindan aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligi 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/911-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘tkir miokard infarkti bor bemorlarda kasallikning o‘tkir davrida ishemik insult rivojlanishining klinik-funksional prediktorlarini o‘rganishdan tashqari,  differensial diagnostika uchun klinik va uskunaviy tekshiruv usullarining natijalaridan foydalanish imkonini bergan.
o‘tkir miokard infarkti bor bemorlarda o‘tkir ishemik insultning instrumental va laborator (biokimyoviy) markerlarni aniqlash natijalari xulosalari asosida “O‘tkir miokard infarkti  fonida ishemik insultni keltirib chiqaradigan xavf omillarini aniqlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi 8n-r/881-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasi aniqlikni oshirishga,  infarkt va insultning birlamchi tizimda tashxislash samaradorligini oshirish imkonini bergan.
o‘tqazilgan tadqiqot natijalari Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi, “Karmen Plyus” xususiy klinikasi, “Mexrigiyo-shifo” xususiy klinikasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28  oktyabrdagi 8n-z/389-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi miokard infarkti va ishemik insulti kombinatsiyasini oldindan aniqlash, kasallik asoratlarini va nogironlikni kamaytirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish