Tuxtaxodjaeva Nargiza Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Badiiy tarjimada lingvokul`turemalarning ifodalanishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil81.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdumurot Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSc.27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Shoira Batirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va o‘zbek tillaridagi universal va milliy-madaniy lingvokul`turemalarning badiiy asarlar tarjimalarida ifodalanishini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillaridagi universal (happiness, joy, luck, sadness – baxt, shodlik, omad, qayg‘u) hamda milliy-madaniy (dignity – to‘y) lingvokul`turemalarning leksik-semantik maydonidagi yadroviy va periferik ifodalari chog‘ishtirma aspektda asoslangan;
lingvokul`turemalar sinonimik qatorlari va antonimik juftliklari qo‘llanish darajasining faolligi aniqlangan hamda tarjimadagi ahamiyati isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida frazeologik birliklar bilan ifodalangan lingvokul`turemalarning tarjima adekvatligi lisoniy hamda nolisoniy omillarga bog‘liqligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida stilistik vositalar bilan verballashgan lingvokul`turemalarning tarjimasida ekvivalent, muqobil, tavsiflash usullarini qo‘llash shart-sharoitlari asoslangan;
tarjimada olamning lisoniy manzarasi yaxlitligini badiiy matndagi eksplisit va implisit ma’lumotlar hamda muallifning modal munosabati ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ingliz va o‘zbek tillaridagi lingvokul`turemalarni qiyosiy o‘rganish, ularning badiiy tarjimadagi ifodalanish usullari hamda tarjima qilish muammolarini bartaraf qilish yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
Pirimqul Qodirov asarlarida aks etgan o‘zbek milliy madaniyatiga xos tushunchalarni ifodalovchi 20 dan ortiq so‘z ma’nolarini anglashda, asarlar matnlarining mazmunini yoritishda, shuningdek, keltirilgan frazeologizmlarning turk tilidagi ayrim muqobillarini aniqlashda Artvin Çoruh Üniversite (Turkiya)da bajarilgan 2013.S23.02.15 raqamli «Pirimkul Kadirov’un Romalari Uzerine Bir Inceleme» fundamental loyihasida foydalanilgan (Artvin Çoruh universitetining 2016 yil 27 iyuldagi E.3546-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidagi lingvokul`turemalar bilan bog‘liq frazeologizm, parmeologik birliklar ma’nolari to‘g‘ri talqin qilinishga, o‘zbek tilining boy ifoda imkoniyatlarini namoyon etishga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi milliy-madaniy xususiyatli so‘z, frazeologizm, realiya va stilistik vositalarning lingvokul`turologik xususiyatlarini yoritishda, onomastik birliklar ishtirok etgan matnlar milliy-madaniy mazmunini tushuntirishda, To‘ychi, Hurram, Rohatoy, Shuhrat, Farog‘at, Saodat, Muhabbat kabi lingvokul`turemalar ma’nosini izohlashda FA-IZ-G009 IZ-2014-0923161515 raqamli «Onomastik birliklarning lingvopoetik tadqiqi» nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (ISBN 978-9943-4725-8-7). Natijada onomastik birliklarning leksikografik izohlarida milliy kolorit aks etgan, yangi semalar bilan boyigan;
maxsus trening kurslari materiallarini tayerlashda va ularni o‘tkazishda Britaniyaning L.S.Xornbi nomli jamg‘armasi, Britaniya Kengashi, «O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi» va Vestminister xalqaro universiteti hamkorligidagi «Teachers’ learning through action research» nomli loyihasida tatbiq etilgan. Olingan xulosalarning qo‘llanishi natijasida matn tahlili, ilmiy maqolalarni tillararo va madaniyatlararo moslashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar Edmodo onlayn o‘quv portaliga yuklangan va tinglovchilarga etkazilgan (Vestminister xalqaro universitetining 2016 yil 29 iyundagi DO/03-0405-son ma’lumotnomasi). Bu respublikamiz yosh olimlarining ingliz tilida ilmiy maqolalar tayyorlash bo‘yicha mahoratini oshirishga, o‘zbek olimlari tomonidan yozilgan milliy-madaniy xususiyatli til birliklari tadqiqiga qaratilgan maqolalarni jahon miqyosida tanishtirishga xizmat qilgan.