Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak defektologlarning ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1694.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Akramova Xafiza Samadovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligi ta’lim jarayoni sub’ektlarining pedagogik va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga tayyorliklarining nazariy-metodologik, dasturiy-maqsadli, mazmunli-texnologik va tashkiliy pedagogik jihatlarini tizimlashtirish asosida aniqlangan;
pedagogik amaliyotning bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligini shakllantirishda talabalarni ijtimoiy yo‘naltirilgan kvazikasbiy korreksion pedagogik faoliyatga jalb etish, ijtimoiy pedagogik ko‘nikmalarni qo‘llashni rag‘batlantirish, shaxs sifatlarini faol aniqlash, pedagogik amaliyot rahbarlari va logopedlarning o‘zaro aloqalari strategiyasini ta’minlash asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirish mumkinligi isbotlangan.
bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligi nutq buzilishlariga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan faoliyat tajribasi, ob’ektiv o‘z-o‘zini baholash va refleksiyasi, ijtimoiy taalluqlilik qobiliyatini shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish modeli amaliyot dasturlarining variativligi, dinamikligi, muammoli vaziyatlarni modellashtirish, mustaqil ta’lim faoliyatlarini yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak defektologlarning ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish mavzusidagi ilmiy tadqiqot asosida:  
bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligi ijtimoiy-pedagogik bilim, ko‘nikma, malakalar majmuini egallash va nutq buzilishlariga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan faoliyat tajribasini shakllantirish, ob’ektiv o‘z-o‘zi baholashi va refleksiyasi ijtimoiy taalluqli qobiliyatini shakllantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Tabiatshunoslik va geografiya o‘qitish maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan berilgan 237-189 son guvohnoma). Natijada, bo‘lajak defektologlarning ijtimoiy-pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirishni falsafiy,psixologik-pedagogik manbalardagi holatini taxlil etish samaradorligi ortgan;
bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish modeli amaliyot dasturlarining variantivligi, dinamikligi,muammoli vaziyatlarni modellashtirish mustaqil ta’lim faoliyatlarini yaxlitligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2021 yil 15 sentyabrdagi 02-07-2393/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish imkoniyatlari oshirilgan;
bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligi ta’lim jarayoni sub’ektlarining pedagogik va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga tayyorliklarining nazariy-metodologik, dasturiy-maqsadli, mazmunli-texnologik, va tashkiliy pedagogik jixatlarini tizimlashtirish asosida aniqlashga oid takliflar asosida “Tabiatshunoslik va geografiya o‘qitish maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i bilan berilgan 237-189-son guvohnoma). Natijada, bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirishga erishilgan;
pedagogik amaliyotning bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligini shakllantirishda talabalarni ijtimoiy yo‘naltirilgan kvazikasbiy korreksion pedagogik faoliyatga jalb etish, ijtimoiy pedagogik bilimlar ko‘nikmalarni qo‘llashni rag‘batlantirish,shaxs sifatlarini faol aniqlash, pedagogik amaliyot raxbarlari va logopedlarning o‘zaro aloqalari strategiyasi asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga oid takliflar asosida “Tabiatshunoslik va geografiya o‘qitish maxsus metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2021 yil 15 sentyabrdagi 02-07-2393/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak defektologlar ijtimoiy-pedagogik kompetentligi rivojlanganligini baholashga imkon beruvchi mezonlar, ko‘rsatkichlar va darajalarini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish