Qurbonov Muxiddin Abdullaevichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda davlat maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va foydalanish amaliyotini takomillashtirish (pensiya jamg‘armasidan tashqari)», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1220.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataniyazov Jasur Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjet-soliq islohotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda Davlat maqsadli jamg‘armalarning mablag‘larini shakllantirish va foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat maqsadli jamg‘armalaridan samarali foydalanish maqsadida bo‘sh turgan mablag‘larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda depozitga joylashtirish taklif etilgan;
davlat byudjeti mablag‘larini tejash maqsadida davlat maqsadli jamg‘armalarini konsessiya (xo‘jalik sub’ektlari va chet el kapitalini jalb qilish shakli) asosida tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
davlat maqsadli jamg‘armalardagi bo‘sh turgan moliyaviy resurslarni investor sifatida mahalliy va xorijiy fond bozorlariga yo‘naltirish orqali jamg‘armalarning investision faoliyatini tashkillashtirish taklif etilgan;
davlat maqsadli jamg‘armalarini shaklidan qat’iy nazar Sant`yago prinsiplari asosida shakllantirgan holda mustaqil hamda soliq to‘lovchilar uchun daromad va xarajatlarini ochiq, shaffof bo‘lishi maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda davlat maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish va foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat maqsadli jamg‘armalaridan samarali foydalanish maqsadida bo‘sh turgan mablag‘larni Markaziy bankning asosiy stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda depozitga joylashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat maqsadli jamg‘armalarning namunaviy nizomi” loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 avgustdagi 06/03-32/1173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida davlat maqsadli jamg‘armalariga (pensiya jamg‘armasi mablag‘laridan tashqari) 2703,9 mlrd. so‘m mablag‘ bo‘sh mablag‘larni bank depozitlariga 14 foizdan joylashtirish natijasida yiliga 378.5 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ olish imkonini bergan;
davlat byudjeti mablag‘larini tejash maqsadida davlat maqsadli jamg‘armalarini konsessiya (xo‘jalik sub’ektlari va chet el kapitalini jalb qilish shakli) asosida tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat maqsadli jamg‘armalarning namunaviy nizomi” loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 avgustdagi 06/03-32/1173-son ma’lumotnomasi). Natijada 1218,4 mlrd so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan tejalib mahalliy va xorijiy investorlar mablag‘lari hisobiga shakllanishiga erishilgan;
davlat maqsadli jamg‘armalardagi bo‘sh turgan moliyaviy resurslarni investor sifatida mahalliy va xorijiy fond bozorlariga yo‘naltirish orqali jamg‘armalarning investision faoliyatini tashkillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat maqsadli jamg‘armalarning namunaviy nizomi” loyihasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 avgustdagi 06/03-32/1173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan 1757,8 mlrd. so‘m miqdorida mahalliy fond bozoriga investisiya kiritilishi mo‘ljallangan;
davlat maqsadli jamg‘armalarini shaklidan qat’iy nazar Sant`yago prinsiplari asosida shakllantirgan holda mustaqil hamda soliq to‘lovchilar uchun daromad va xarajatlarini ochiq, shaffof bo‘lishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 7 maydagi 3299-son “Byudjet jarayonining ochiqligini ta’minlash maqsadida rasmiy veb-saytlarida ma’lumotlarni joylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 3- va 7-bandlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021 yil 5 avgustdagi 06/03-32/1173-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida davlat maqsadli jamg‘armalarining 31510,1 mlrd. so‘m daromadlari hamda 54196,1 mlrd. so‘m xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘zlarining veb-saytlarida joylashtirilishiga erishilgan.