Savriyev Yo‘ldosh Safarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qora paxta moyi moyli fuzasini siqish jarayonini matematik modellashtirish va takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T345.
Ilmiy rahbar: Artikov Askar Artikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirova Shoira Normurodovna, texnika fanlari doktori; Majidova Nargiza Kaxramonova, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: moyning yuqori sifatga ega bo‘lishiga olib keladigan tizimli fikrlash va matematik modellashtirishga asoslangan moyli cho‘kindini presslash orqali o‘simlik moyini olish jarayoni va qurilmalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori moyli cho‘kindi (fuza)ni presslash ob’ektini tahlil qilishda tizimli fikrlash metodikasi va uning ko‘p bosqichli ierarxik strukturasi ishlab chiqilgan;
yuqori moyli cho‘kindi (fuza)ni presslab o‘simlik moyi olishda faza o‘zgarishlarini va qattiq faza hajmi, undagi qoldiq moy miqdorining o‘zgarishlarini ifodalovchi qonuniyatlari aniqlangan;
moy olishning presslash usulida moyli cho‘kindi (fuza)dan moy olish koeffisienti va ushbu koeffisientga ko‘ra, kompyuter modeliga haqiqiy jarayon bo‘yicha tuzatishlar kiritilishi aniqlangan;
apparatning ishchi zonasidagi parametrlarning uning uzunligi bo‘yicha taqsimlanish darajasining bog‘liqligi va bu kvazi-apparatlarga bo‘lingan apparatning umumiy ishchi zonasi aniqlangan;
qo‘shimcha ravishda moyli cho‘kindi (fuza)dan moy olish bilan, butun presslab olingan qora paxta moyi kislota sonining kamayishi ta’minlangan, texnologik talablarga muvofiq yuqori sifatli press moyini olish hamda moyni rafinatsiyalashdagi me’yorlangan moy chiqimini olish imkonini beradigan yuqori moyli cho‘kindini qayta ishlashning takomillashtirilgan usuli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxti chigiti mag‘zidan ajralib chiqayotgan qora moy tarkibidagi cho‘kindi (fuza)ni qayta ishlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
cho‘kindi (fuza) tarkibiga 67,2% sheluxa (chigit po‘stlog‘i)ni aralashtirish orqali fuza tarkibidagi qoldiq moyni olishda presslash uchun mo‘ljallangan takomillashtirilgan qurilmasi «Evrosnar» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 17 avgustdagi KS/3-753-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, cho‘kindi (fuza)ni presslash orqali olingan qora moy asosida sifatli rafinatsiyalangan moy olish imkonini bergan;
yuqori moyli fuzani presslab moy olish usuli «Karmana moy invest» MChJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasining 2021 yil 17 avgustdagi KS/3-753-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qora moyning kislotalilik sonini 2,2 mgKON ga tushirish, kunjara tarkibidagi moyning qoldiq miqdorini 8,05% gacha kamaytirish imkonini bergan.