Karimullaeva Marziya Usnatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Meva-sabzavot sharbatini bug‘latish jarayonini va apparatini takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T1928.
Ilmiy rahbar: Masharipova Zulxumar Atabekovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Alisher Shonazarovich, texnika fanlari doktori; Narziev Mirzo Saidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: meva-sabzavot sharbatini bug‘latish jarayonini va apparatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva va sabzavotlarni bug‘latish jarayonini tizimli tahlil qilishning ko‘p bosqichli ierarxik strukturasi ishlab chiqilgan;
yuqori konsentratsiyali meva va sabzavot sharbatlari olishni ta’minlovchi bug‘latish jarayonidagi texnologik parametrlarning maqbul rejimlari aniqlangan;
yuqori konsentratsiyali meva sharbatini olishga mo‘ljallangan bug‘latish apparatining energiya tejamkor konstruksiyasi hamda issiqlik almashinish yuzasini hisoblashning matematik ifodasi ishlab chiqilgan;
bug‘latish apparatida eritma va isituvchining qaynash temperaturalarini hamda issiqlik almashinuv jarayonini tavsiflovchi matematik model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Meva va sabzavotlar sharbatini bug‘latish jarayoni va apparatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
meva va sabzavotlar hamda qovun “Aq navvot”, “Non–gusht” va “Shakar para” navlarining sharbati asosida “Bekmes” siropini olish uchun isitish kamerasi ikkiga ajratilgan bug‘latish qurilmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Mo‘ynoq-Turdimurod” xususiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Qorakolpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 yanvardagi 01/019-97-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Bekmes” siropidan foydalanish orqali non va non mahsulotlarining turlarini kengaytirish imkonini bergan;
mahalliy qovun navlarining mag‘zidan “Bekmes” siropi olishga mo‘ljallangan bug‘latish apparati Qoraqalpog‘iston Respublikasi "Raxmatay Timur" korxonasida amaliyotga joriy etilgan (Qorakolpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 16 yanvardagi 01/019-97-son ma’lumotnomasi). Natijada, non va bulka mahsulotlarining standartiga muvofiq “Bekmes” siropi qo‘shilgan holda sifatli sharq bulochkalari tayyorlash imkonini bergan.