Esanbekov Meyrjan Yusupbekovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Irrigatsion eroziyasiga moyil bo‘lgan tuproqlarda g‘o‘zani sug‘orish texnologiyasi elementlarini takomillashtirish», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx66.

Ilmiy rahbar: Bezborodov Yuriy Germanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jalik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: irrigatsion eroziyasiga moyil bo‘lgan tuproqlarda g‘o‘zani sug‘orishda suv va resurstejamkor hamda tuproqni himoyalovchi ekologik xavfsiz texnologiyalarni takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor irrigatsion eroziyaga moyil tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘za qator oralarini somon bilan mulchalab doimiy oqim bilan va diskret sug‘orish texnologiyalari takomillashtirilgan;

qator orasini somon bilan mulchalab doimiy oqim bilan va diskret usulda sug‘orishning maqbul muddatlari,  suv sarfi va g‘o‘zaning suv iste’moli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;

g‘o‘za qator orasini somon bilan mulchalab doimiy oqim bilan va diskret sug‘orish texnologiyalarining tuproqni agrofizikaviy, suv-fizik va agrokimyoviy xossalariga ta’siri aniqlangan;

g‘o‘za qator oralarini somon bilan mulchalab doimiy oqim bilan  sug‘orish texnologiyasining egat bo‘ylab tuproqni bir tekis namlanishi hamda tuproq va uning tarkibidagi oziqa moddalar oqova suvi bilan yuvilishi miqdori aniqlangan;

qator orasini mulchalab sug‘orish texnologiyasining tuproq harorati, uning havosi tarkibi va mikroorganizmlar faol guruhlari miqdoriga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Irrigatsiya eroziyasiga moyil tuproqlarda g‘o‘zani sug‘orish texnologiyasi elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

«Egat uzunligi bo‘yicha tuproqni bir tekisda namlash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (22.01.2009 y., IAP 04404). Natijada tuproqning egat bo‘ylab bir tekis namlanishi va sug‘orish sifatini oshirishga erishilgan;

«G‘o‘zani suv tejovchi texnologiyalari va sug‘orish muddatlari va me’yorlarini tenziometr yordamida aniqlash usullari» bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 11 oktyabrdagi 04/29-438-son ma’lumotnomasi).  G‘o‘zani sug‘orishdasuv taqchilligini yumshatish borasida paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;

g‘o‘za qator orasini somon bilan mulchalab sug‘orish texnologiyasi Toshkent, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlari fermer xo‘jaliklari paxta maydonlarida jami 2,2 ming gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 11 oktyabrdagi 04/29-438-son ma’lumotnomasi). G‘o‘za qator orasini somon bilan mulchalab sug‘orish texnologiyasini qo‘llash natijasida tuproqni egat bo‘ylab bir tekis namlanishi va namlikning fizik bug‘lanishi kamayishiga erishilib, natijada sug‘orish suvlari 30 foizga tejalgan, gektaridan 4,1 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan va gektaridan 280–300 ming so‘m sof daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish