Quldashev Nizomidin Axmadalievich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekolingvistika: o‘zbek tilida til va nutq sofligining lingvokul`turologik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1925.
Ilmiy rahbar: Muminov Sidiqjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar:Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi o‘zbek tilshunosligida ekolingvistika va til ekologiyasi doirasidagi tadqiqotlarni kompleks jihatdan ochib berish hamda o‘zbek tili sofligini saqlash uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvoekologiya doirasida tilning sofligiga putur etkazuvchi muntazam jarayon sifatida tildagi vul`gar so‘zlar, agnonimlar, argo so‘zlar, obssenizm (nutqdagi odobsizlik)lardagi me’yoriy buzilishlar, shuningdek, nutqiy etiket, muloqot odoblari kabi o‘zbek tilining nutq madaniyati (soflik me’yori)ga xos lingvokul`turologik jihatlari ochib berilgan;
o‘zbek tilining tabiatiga xos milliy, an’anaviy, diniy, falsafiy, etnik va ijodiy motivatsiyalar hamda tilning soflik me’yorlariga xos to‘g‘ri, aniq va lo‘nda kabi semantik va funksional jihatlari dalillangan;
ekolingvistika tilning sofligini saqlovchi me’yor sifatida hamda tilning yo‘qolishiga olib keluvchi nutqiy, imloviy, uslubiy jihatdan noo‘rin qo‘llangan so‘zlar, vul`gar, varvar, argo va agnonimlar, kal`kalash yo‘li bilan olib kirilgan terminlar, og‘zaki nutqda pala-partish, tartibsiz ishlatilgan peshlavhalar, so‘z va iboralardagi buzilish holatlari asoslangan;
og‘zaki nutqni tushuna olmaslik va so‘zlarni o‘rinsiz qo‘llash, til kasalliklarini (kleshing, agnonim) keltirib chiqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekolingvistika fanining til sofligini saqlovchi yo‘nalish sifatidagi natijalaridan:
til ekologiyasiga xos milliy, an’anaviy, diniy, falsafiy, etnik va ijodiy motivatsiyalar hamda tilning soflik me’yorlariga xos semantik va funksional jihatlariga oid ilmiy xulosalaridan “Matn tilshunosligi” nomli darslikni tayyorlashda keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan 237-317 raqamli ruxsatnoma). Natijada mazkur darslikning “Stilistik vositalar” hamda “Badiiy matnni shakllantiruvchi vositalar” mavzulari o‘zbek nutq odobi va nutq sofligi, nutqni buzuvchi salbiy hodisalarga oid adabiy-badiiy, ilmiy qarashlari va nazariy ilmiy dalillar asosida boyitilgan;
lingvoekologiya doirasida tilning sofligiga putur etkazuvchi muntazam jarayon sifatida tildagi vul`gar so‘zlar, agnonimlar, argo so‘zlar, obssenizm (nutqdagi odobsizlik)lardagi me’yoriy buzilishlar yuzasidan berilgan takliflardan 2013-2014 yillarda bajarilgan I-2013-57-raqamli fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasining “Ijtimoiy ekologiya muammolari” yo‘nalishida foydalanilgan (Farg‘ona viloyat hokimligining 2021 yil 6 iyuldagi 06-06/5053-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy ekologiya muammolari doirasida purizmning yuzaga kelish sabablari aniqlangan va unga yondosh hodisalardan farqlangan, nutqda to‘g‘ri qo‘llanishi yuzasidan ma’lum samaraga erishilgan;
ekolingvistika tilning sofligini saqlovchi me’yor sifatida hamda tilning yo‘qolishiga olib keluvchi nutqiy, imloviy, uslubiy jihatdan noo‘rin qo‘llangan so‘zlar, vul`gar, varvar, argo va agnonimlar, kal`kalash yo‘li bilan olib kirilgan terminlar, og‘zaki nutqda pala-partish, tartibsiz ishlatilgan peshlavhalar, so‘z va iboralardagi buzilish holatlari sifatidagi materiallaridan “O’zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik” dasturida hamda “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O’zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 15 iyuldagi O’z-RK-04-25/1182-conli ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilarning o‘zbek nutq odobi va nutq sofligi, nutqni buzuvchi salbiy hodisalarga oid adabiy-badiiy, ilmiy qarashlari va xulosalari haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.