Bobomirzaev Pirnazar Xursanovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning janubiy mintaqasida qattiq bug‘doy etishtirish texnologiyasini maqbullashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Qx23.

Ilmiy maslahatchi: Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Atabaeva Halima Nazarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Siddiqov Ravshanbek Inomjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Ibragimov Odiljon Olimjonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan va lalmikor erlari sharoitida qattiq bug‘doy navlaridan  yuqori va sifatli don hosili olishni ta’minlaydigan agrotexnologik tadbirlar majmuini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor respublikaning janubiy mintaqasi sug‘oriladigan erlarida Davlat reestriga kiritilgan qattiq bug‘doy navlarining biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda etishtirish texnologiyasi elementlari maqbullashtirilgan;

janubiy mintaqalar sug‘oriladigan va lalmi erlari sharoitida qattiq bug‘doy navlarining o‘sishi, rivojlanishi, ildiz tizimi shakllanishi, fotosintetik faoliyati, don hosili va sifati aniqlangan hamda mos navlari tanlangan;

qattiq bug‘doydan mo‘l va sifatli don etishtirishni ta’minlaydigan sug‘oriladigan erlarda Davlat reestriga kiritilgan  qattiq bug‘doy navlarning maqbul ekish me’yori va muddati, sug‘orish tartibi va mineral o‘g‘itlarni qo‘llash me’yorlari aniqlangan;

qattiq bug‘doy navlarini lalmikorlik sharoitida etishtirishda ekish va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Respublikaning janubiy mintaqalari sharoitida qattiq bug‘doy etishtirish agrotexnologiyasini maqbullashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:

O‘zbekistonning janubiy mintaqasida qattiq bug‘doy etishtirish texnologiyasini maqbullashtirish bo‘yicha «Sug‘oriladigan erlarda qattiq bug‘doy etishtirish texnologiyasi», «Lalmikor erlarda bug‘doy etishtirish texnologiyasi» mavzularidagi tavsiyanomalar ishlab chiqilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining  2017 yil 2 oktyabrdagi  02/23-520-son  ma’lumotnomasi). Bunda fermer xo‘jaliklarida qattiq bug‘doy etishtirish texnologiyasini maqbullashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilgan;

Qashqadaryo  va Surxondaryo viloyatlarining sug‘oriladigan va lalmikor erlaridagi fermer xo‘jaliklarida 2011–2016  yillarda qattiq bug‘doyning Davlat reestriga kiritilgan navlarini etishtirishning maqbul  agrotexnologiyasi 1070,8 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 2 avgustdagi 02/09-4250-son  ma’lumotnomasi). Bunda qattiq bug‘doyni etishtirishda maqbul agrotexnologiya qo‘llanganda an’anaviy usulga nisbatan sug‘oriladigan erlarda qattiq bug‘doydan  12,2–13,8 sentnergacha  qo‘shimcha don hosili va gektaridan 812,1–918,6 ming so‘mgacha, lalmikor erlarda esa 4,2–4,8 sentner qo‘shimcha don hosili va 279,5–319,5 ming so‘mgacha qo‘shimcha sof daromad olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish