Toshniyozova Dilfuza Polvonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ibn Davlat adabiy merosining matniy va g‘oyaviy-badiiy tahlili”, 10.00.02-O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil539.
Ilmiy maslahatchi: Muxiddinov Muslihiddin Qutbiddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori; G‘afforov Nodir Nasrievich, filologiya fanlari nomzodi, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrda mumtoz adabiy an’analar ta’sirida ijod qilgan Ibn Davlat lirik merosining o‘zbek mumtoz adabiyoti taraqqiyoti tarixida tutgan o‘rnini belgilash orqali shoir devonining matniy va g‘oyaviy-badiiy, poetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XIXasr oxiri XX asr boshidagi Kattaqo‘rg‘on adabiy muhitida Ibn Davlat ijodining tutgan o‘rni va ijodkorning davr sinovlariga bardosh bergan holda an’anaviy uslub va janrlarda hamda diniy-tasavvufiy yo‘nalishda ijod qilgan mahoratli shoir, so‘fiyona g‘oyalar targ‘ibotchisi ekanligi qiyosiy-tarixiy aspekda ochib berilgan;
shoir devonining tartib berilish xususiyatlari, tarkibi, uning matniy o‘ziga xosliklari, devondagi lirik janrlar, she’rlarning matniy-janriy xususiyatlari va tarkibiy tuzilishi, devonning kompozisiyasi hamda obrazlari qiyosiy-tipologik kontekstda dalillangan; 
shoir devonining qo‘lyozma nusxasi matnshunoslik mezonlari asosida tekshirilib, Ibn Davlatning adabiy-estetik qarashlari kitobxonlarga nasihat mazmunidagi asarlar taqdim etish, odob-axloq va diniy qadriyatlarni badiiy shaklda targ‘ib etishdan iborat ekanligi isbotlangan;
ijodkor asarlarida Sharq mumtoz adabiyotiga xos mazmun va shakl uyg‘unligi, tematik rang-barangligi, adabiy-estetik qarashlarining mumtoz she’riyat rivojiga ko‘rsatgan ijobiy ta’siri, shoir lirik merosida salaflar an’analarining poetik takomili, diniy-irfoniy motivlar, mumtoz adabiy janr va timsollarning izchil davom ettirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ibn Davlat adabiy merosining matniy va g‘oyaviy-badiiy tahlili”bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
fol`klor va yozma adabiyotdagi ijodkorlar badiiy mahoratini belgilashda ularning lisoniy salohiyati parametrlarini hisobga olish, til ifoda-tasvir vositalari hamda adabiy an’analar orqali olingan tajriba va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 24 iyundagi 142/1-son ma’lumotnomasi). Natijada shoirlar she’riyatidagi ilmiy-ma’rifiy g‘oyalarning ijtimoiy-madaniy ahamiyatini asoslashga muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
shoirning vazn, qofiya va radiflarni qo‘llashdagi poetik mahorati va o‘ziga xos uslubi, yangicha qarashlarini yoritish haqidagi xulosalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etishda, Ibn Davlat adabiy-estetik qarashlari, qoraqalpoq - o‘zbek adabiy aloqalariga tajriba va amaliy tavsiyalardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 11 oktyabrdagi 287/2-son ma’lumotnomasi). Natijada fol`klor va yozma adabiyotdagi ijodkorlar badiiy mahoratini belgilashda ularning lisoniy salohiyati parametrlarini hisobga olishga, badiiy-tasvir vositalari hamda adabiy an’analar orqali tajriba va badiiy mahoratni oshirish yo‘l-yo‘riqlari haqidagi nazariy fikr va amaliy tavsiyalar hamda Ibn Davlat adabiy merosining matniy va g‘oyaviy-badiiy tadqiq etish bilan bog‘liq xulosa va umumlashmalarga muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
Ibn Davlat ijodining badiiy qimmati, ma’rifiy ahamiyati, ijodidagi ma’rifiy-irfoniy, badiiy-estetik g‘oyalar talqiniga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 2 iyundagi 04-25-885-son ma’lumotnomasi). Natijada Ibn Davlat devonida o‘z ifodasini topgan didaktik qarashlardan ma’nan etuk avlodni tarbiyalashda foydalanishning ilmiy-pedagogik mezonlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish