Mamajanov Rustam Raximjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir yo‘l ko‘priklari oraliq qurilmalari resursini hisoblash usullarini texnik diagnostika natijalari asosida takomillashtirish», 05.09.02–Asoslar, poydevorlar, er osti inshootlari. Ko‘priklar va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T123.
Ilmiy rahbar: Ishanxodjaev Abduraxman Asimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va eksplutatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Rashidov Tursunbay, texnika fanlari doktori, professor, akdemik; Ruzieva Mafura Vasikovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekspluatatsiya qilinayotgan temir yo‘l ko‘priklaridagi metall oraliq qurilmalar resursini texnik diagnostika natijalari asosida hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oraliq qurilmalarni qurish va ekspluatatsiya qilish bosqichida nuqson va shikastlanishlarning yuz berish sabablarini texnik diagnostika natijalari asosida aniqlash usullari ishlab chiqilgan;
ishqalanish koeffisienti f asosida uzellardagi notekisliklar hisobiga hosil bo‘ladigan shikastlanishlar konsentratsiya darajasi aniqlangan;
texnik diagnostika natijalari asosida ekspluatatsiyadagi temir yo‘l metall oraliq qurilmalarning qoldiq resursini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
ekspluatatsiya jarayonida hosil bo‘lgan shikastlanishlarni hisobga olgan holda oraliq qurilmalar resursini hisoblash usuli, shikastlanishlar to‘planish nazariyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Temir yo‘l ko‘priklari oraliq qurilmalari resursini hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
texnik diagnostika natijalari asosida temir yo‘l metall oraliq qurilmalar resursini hisoblash usuli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tasarufidagi «Toshg‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on» temir yo‘l liniyasidagi beshta metall ko‘priklarni loyihalash jarayoniga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2017 yil 4 sentyabrdagi NG/4034-17-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi loyihalash jarayonida ko‘prik elementlari nuqsonlarni tavsiflash orqali 7–8% oralig‘ida mablag‘ tejash hamda ko‘prik metall oraliq qurilmalar resursini hisoblash usullarini takomillashtirish imkonini bergan;
mavjud sun’iy inshootlarni tekshirish va texnik holatini aniqlash usuli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning yo‘l xo‘jaligi boshqarmasiga tegishli barcha yo‘l tashkilotlariga joriy etilgan (Yo‘l xo‘jaligi boshqarmasining 2017 yil 10 avgustdagi 2013-P-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqotlarni joriy etish natijasida ta’mirlash sifatini oshirish, ekspluatatsiya jarayonida xarajatlarni 10–12%ga kamaytirish, mehnat unumdorligini 15–20% oshirish imkonini bergan.