Inoyatxodjaev Jamshid Shuxratullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neyron tarmoqlari orqali dvigatelni avtomobil` mexatron tizimi bilan integratsiya qilish usullarini ishlab chiqish», 05.08.06–G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/T61.
Ilmiy maslahatchi: Shermuxamedov Abdulaziz Adilxakovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent avtomobil` yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Akmal Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor; Aripdjanov Madamin Magrupovich, texnika fanlari doktori, professor; Mario Lavella, fan doktori, professor (Italiya).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neyron tarmoqlari orqali dvigatelni avtomobil` mexatron tizimi bilan integratsiya qilish uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dvigatelni avtomobil` mexatron tizimiga neyron aloqalar arxitekturasiga asoslangan boshqaruv tizimi orqali integratsiya qilish uslubi ishlab chiqilgan;
dvigatelni boshqaruv tizimi ma’lumotlari tahlili va boshqaruvchi organlariga etkazib berishning uslubi (neyron aloqalarning disspersiyasi) yaratilgan va uning unumdorligi asoslangan;
uchinchi avlod – yig‘ma ma’lumotlarni tahlillash va optimal rejimlarni tanlash turli avtomobil` sinflari uchun mexatronika tizimiga ega boshqaruv algoritmi yaratilgan;
o‘t oldirish tizimi uchun mexatron adaptor modeli ishlab chiqilgan;
neyron tarmoqlari orqali dvigatelni boshqaruv modeli ishlab chiqilgan;
boshqaruv tizimidagi neyron aloqalarni integratsiya so‘rovlariga asosan tanlash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dvigatelni avtomobil` mexatron tizimiga neyron aloqalar arxitekturasiga asoslangan boshqaruv tizimi orqali integratsiya qilish uslubi natijalari asosida:
dvigatelni boshqaruv tizimi ma’lumotlari tahlili va boshqaruvchi organlariga etkazib berish uslubi “Djeneral Motors Pauertreyn Uzbekistan” AJga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” kompaniyasining 2017 yil 14 avgustdagi 45/04-25-2688-son ma’lumotnomasi; texnologik jarayon texnik sharti (Ts 22596387-01:2015)). Natijada ishlab chiqarish samaradorligini 9% oshirish, tajriba va mashinalarning zavod sinovlarini o‘tkazish xarajatlarini 6,5% kamaytirish, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini 11% oshirish imkonini bergan;
o‘t oldirish tizimi uchun ishlab chiqilgan mexatron adaptor modeli va uning parametrlarini asoslash uslubi “Djeneral Motors Pauertreyn Uzbekistan” AJga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” kompaniyasining 2017 yil 14 avgustdagi 45/04-25-2688-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida o‘t oldirish tizimi uchun ishlab chiqilgan mexatron adaptor modeli dvigatellarni sinash jarayonini takomillashtirish imkonini bergan;
yig‘ma ma’lumotlarni tahlillash va optimal rejimlarni tanlash uslubi “O‘zavtosanoat” kompaniyasining korxonalariga, jumladan “Djeneral Motors Pauertreyn Uzbekistan” AJ va “UzKoji” QKga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” kompaniyasining 2017 yil 14 avgustdagi 45/04-25-2688-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan yig‘ma ma’lumotlarni tahlillash va optimal rejimlari turli avtomobil` sinflari uchun mexatronika tizimli J200 avtomobili va L2C BDOHC 1,5 dvigatelini tajriba-konstruktorlik va zavod sinovlarini o‘tkazish jarayonida qo‘llanildi. Ilmiy tadqiqot natijasida ishlab chiqarish jarayonida 48,4 kVt energiyani va 6400 litr yoqilg‘i xarajatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishda mehnat sarf-xarajatlarini 800 odam∙soatga kamaytirish imkonini bergan.