Riskulova Kamola Djummaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetentligini shakllantirish tizimi», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped10.
Ilmiy maslahatchi: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlatpedagogika universiteti, DSs.27.06.2017.Red.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrulla Mardonovich,pedagogika fanlari doktori, professor;Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xoshimova Dil`darxan Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahmiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetentligini shakllantirish tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«kompetentlik», «sotsiolingvistik kompetentlik» kabi tushunchalarning mazmun va mohiyati mualliflik yondashuvi asosida ilmiy-pedagogik jihatdan asoslangan hamda ingliz tilini o‘rgatishdagi ijtimoiy kommunikativ jarayonni faollashtirish asosida «Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari sotsiolingvistik kompetensiyasi»ning tipologiyasi aniqlangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda chet tillarini o‘rganish tamoyillariga muvofiq ijtimoiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirish imkoniyati katta innovatsion pedagogik texnologiyalar aniqlangan;
davlat ta’lim standartlari va umumevropa (CEFR) talablari asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim jarayonida sotsiolingivistik kompetentligini shakllantirishning lingvodidaktik tarkibi aniqlashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingivistik kompetentlik darajasini belgilovchi indikatorlar, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi portfoliosi hamda ingliz tili o‘qituvchisi professiogrammasi (kasbiy qiyofasi) ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilari, rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv mazmunini shakllantirish texnologiyasi xalqaro Britaniya Kengashi tajribalari hamda kasbiy faoliyat monitoringi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari sotsiolingvistik kompetentligini shakllantirish tizimiga doir olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda ijtimoiy kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi «Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 610-son qarori hamda uning ijrosiga yo‘naltirilgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 17 avgustdagi 584-son buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi 89-03-1957-son ma’lumotnomasi). Mazkur me’yoriy hujjatlar bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilari va til o‘rganish istagida bo‘lgan talabalar uchun intensiv kurslar faoliyatini samarali tashkil etish, chet tillarda turli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish orqali ularning sotsiolingvistikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish imkoniyatini kengaytirgan;
ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingivistik kompetentlik darajasini belgilovchi indikatorlar, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisi portfoliosi hamda professiogrammasiga oid takliflari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 22 yanvardagi 26-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv kadrlari zaxirasini maqsadli o‘qitish», 2016 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Innovatsion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik» yo‘nalishlarida tashkil etilgan o‘quv kurslari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi 89-03-1957-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv modullari asosida tashkil etilgan o‘quv kurslari orqali zamonaviy ta’lim menejerlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligi rivojlantirilgan;
oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat monitoringini olib borish hamda o‘quv kurslari samaradorligini oshirish yuzasidan bildirilgan takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 27 maydagi «Chet tillari bo‘yicha malaka oshirish kurslari faoliyatini o‘rganish xususida»gi 172-son buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi 89-03-1957-son ma’lumotnomasi). Mazkur hujjat asosida OTMda tashkil etilgan chet tili o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslaridagi faoliyatini o‘rganish, natijalarini tahlil qilish hamda shu asosida ingliz tili o‘qituvchilari, rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv mazmunini ishlab chiqish va joriy etish imkoni yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o‘qituvchilari, rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv mazmuni takomillashtirish, sotsiolingivistik kompetentlikni shakllantirishning lingvodidaktik tarkibiga oid takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 1 apreldagi «Oliy ta’lim muassasalarida ingliz tili o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish to‘g‘risida»gi 104-son buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 20 sentyabrdagi 89-03-1957-son ma’lumotnomasi). Bu esa ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingivistik kompetentligini o‘sishiga xizmat qilgan.