Tulaganova Muxayyo Kutumbekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abu Nasr Forobiyning dialektika haqidagi ta’limoti zamonaviy argumentlash nazariyasi talqinida», 09.00.03–Falsafa tarixi (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal3.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.F.01.05.

Ilmiy rahbar:Madaeva Shaxnoza Omonullaevna, falsafa fanlari doktori.

Rasmiy opponentlar: Izzetova Emine Mustafaevna, falsafa fanlari doktori, professor; To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori,  professor.

Yetakchi tashkilot:Toshkent islom universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Abu Nasr Forobiyning dialektika haqidagi g‘oyalarining argumentlash nazariyasi rivojidagi tadrijiy qonuniyatlarini tarixiy rakurs va zamonaviy yondashuv asosida ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Forobiyning mantiqiy-gnoseologik ta’limoti falsafa tarixi va zamonaviy argumentlash nazariyasini bog‘lovchi gnoseologik qonuniy aloqadorlik nuqtai nazaridan ochib berilgan va tarixiy kontekstda zamonaviy argumentlash kesimida ishlab chiqilgan;

dialektika ilmiy diskursining ontologik, mantiqiy-gnoseologik hamda metodologik asoslari ironiya, mayevtika va induksiya usullari orqali ochib berilgan;

Forobiy ritorikasining formal-mantiqiy mushohada yuritish xususiyatlari va fikrlash san’ati, muloqot strategiyasi va taktikasi, «noformal mantiqiy mulohaza»siga tayanib, zamonaviy ritorika  asoslari ishlab chiqilgan;

Forobiy ta’limotining «dialektika» ilmiy bilish metodi hamda dalillovchi muhokama yuritish usuli ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Forobiyning dialektika haqidagi ta’limotining zamonaviy argumentlash nazariyasi kontekstidagi masala bo‘yicha ishlab chiqilgan tarixiy-falsafiy takliflar asosida:

Forobiyning mantiqiy-gnoseologik ta’limoti, falsafa tarixi va zamonaviy argumentlash nazariyasini bog‘lovchi gnoseologik qonuniy aloqadorlik nuqtai nazaridan hamda tarixiy kontekstda zamonaviy argumentlashga va dialektika ilmiy diskursining ontologik, mantiqiy-gnoseologik hamda metodologik asoslari ironiya, mayevtika va induksiya usullariga oid taklif va tavsiyalardan A-1-132 raqamli «Falsafa tarixini o‘rganishning yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni targ‘ib qilish mexanizmlarini ishlab chiqishdagi roli» ilmiy loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining 2016 yil 10 iyundagi 01/06-398-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga tatbiq etilishi xalq ruhiyati, milliy-ma’naviy qadriyatlar, borliqning falsafiy mohiyati haqidagi kategorial ilmiy fikrlarni amaliy jarayonlar bilan bog‘lashga xizmat qilgan;

Forobiy ritorikasining formal-mantiqiy mushohada yuritish xususiyatlari va fikrlash san’ati, muloqot strategiyasi va taktikasi, «noformal mantiqiy mulohaza»siga tayanib, zamonaviy  ritorika asoslari va  «dialektika» ilmiy bilish metodi va dalillovchi muhokama yuritish usullariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Mahalla» telekanalining «Ajdodlar xazinasi» ko‘rsatuvining ssenariylarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2017 yil 3 iyundagi 01-18-308-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi  bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan mutafakkirlarimizning o‘lmas merosi bilan yaqindan tanishish hamda fikrlash san’ati ilmiy diskursi, muloqot strategiyasi va taktikasining oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish