Mambetkarimova Muslima Sadiratdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epilepsiyasi bor onalardan to‘g‘ilgan erta yoshdagi bolalarda salomatlik va nevrologik status holati xususiyatlari», 14.00.09 – Pediatriya, 14.00.13 - Nevrologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib755.
Ilmiy rahbarlar: Ashurova Dilfuza Tashpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Madjidova Yoxudxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gulnara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: epilepsiya bilan og‘rigan onalardan tug‘ilgan bolalarni hayotning birinchi yilida salomatlik holatini baholash va oldini olish usullarini optimallashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
retrospektiv materialda monoterapiyada bo‘lib AEPni to‘g‘irlangan dozada qabul qilgan ayollarga nisbatan AEPni kombinatsiyalangan holda qabul qilgan, natijasi homilaning tug‘ma nuqsonlari va MAR 3,6 marta ko‘p bo‘lgan bolalarning tug‘ilishi va homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi davr yuqori chastotasi isbotlangan;
mikro va makroanomaliyalarning paydo bo‘lish chastotasi, shuningdek yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda MAT disfunksiyalari va onaning homiladorlikdan oldingi tayyorgarligi yo‘qligi o‘rtasida ishonchli farqlanish isbotlangan;
Nensi Beyli (2003) usuli bo‘yicha bolalarda harakat va nutq shakllanishida epilepsiya bilan og‘rigan onalarni gravidar tayyorlashning muhim o‘rni isbotlangan;
ko‘p kasallanish, tutqanoqli reaksiyalarning tez-tez namoyon bo‘lishi, shuningdek, “tik” tipidagi giperkinez gravidar tayyorgaliksiz epilepsiya bilan og‘rigan onalardan tug‘ilgan bolalarga xosligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Epilepsiya bilan og‘rigan onalardan tug‘ilgan bolalar hayotining birinchi yilida salomatligi buzilishining rivojlanishini erta tashxislash va korreksiya qilishning usullari takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
erta tashxislash va prognozlashning optimallashtirilgan usullarini joriy etish orqali  amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Epilepsiya bilan og‘rigan ota-onalardan tug‘ilgan bolalarda epilepsiyaning rivojlanish xavfini prognozlash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 martdagi 8n-r/109-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma epilepsiya bilan kasallangan onalardan tug‘ilgan bolalarda 80% gacha aniqlik bilan epilepsiya rivojlanishi ehtimolini prognozlashga imkon bergan;
epilepsiyasi bor onalardan tug‘ilgan bolalarning salomatligi va neyrofiziologik status holati xususiyatlarini  erta tashhislash orqali amalga oshirilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Epilepsiya bilan og‘rigan ayollarni prenatal tayyorlash algoritmi va ularning farzandlarida nevrologik buzilishlarni oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 martdagi 8n-r/108-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma epilepsiyadan aziyat chekuvchi homiladorlarni predgravidar tayyorlash tizimi va olib borish taktikasi homiladorlik asoratlari chastotasini kamaytirishga va 95,2% holatlarda ona va homila uchun ijobiy yakunlanishiga imkon bergan;
epilepsiyasi bor onalardan tug‘ilgan bolalarning salomatligi va neyrofiziologik status holati xususiyatlarini  erta tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Guliston tuman tibbiyot birlashmasi, Toshkent shahar Yashnobod tumani markaziy oilaviy poliklinikasi, Jizzah va Samarqand viloyatlari bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 1 noyabrdagi 08-09/16163-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalari klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali 93,2% holatlarda epilepsiya bilan og‘rigan onalardan tug‘ilgan bolalarda nevrologik o‘zgarishlar rivojlanishini bartaraf etish, bolaning moslashuvini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga, hamda kasallanish foizini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish