Mustafakulov Sherzod Igamberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda investision muhit jozibadorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.02–Makroiqtisodiyot; 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt10.
Ilmiy maslahatchi:Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Sirojiddinov Nishonboy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldashev Rovshan Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotningmaqsadi: O‘zbekistonda investision muhit jozibadorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakat/hududlarning investision salohiyati, investision risklar darajasi hamda investision faolligini asoslashda xususiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha hududning barqarorligiga baho berish, ko‘p qirrali taqqoslama tahlilni amalga oshirish, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik barqarorlikni hisoblash va integral ko‘rsatkichni shakllantirish bo‘yicha nazariy-uslubiy yondashuv asoslangan;
investision jozibadorlikka hududlarning tabiiy-geografik joylashuvi hamda tarmoqlar kesimida endogen omillarni hisobga olish orqali baho berish metodikasi modifikatsiyalangan;
hudud yoki tarmoqqa sarflangan investisiyalardan keladigan daromad qaytimi va risk natijasida yo‘qotiladigan zararning masshtabiga ko‘ra investision jozibadorlikni hosilaviy miqdorlar orqali hisoblash usuli takomillashtirilgan;
mamlakat hududlarining investision jozibadorligini aniqlashda Genuine saving, The Global Competitiveness Index indekslarini tatbiq etishning uslubiy yondashuvi asoslangan;
hududiy xo‘jaliklar samaradorligi va klaster hosil qiluvchi korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda konglomerat klasterning tashkiliy-iqtisodiy modeli ishlab chiqilgan;
mamlakat/hududlarning investisiyaviy jozibadorligini xalqaro reyting indikatorlari asosida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va kompleks omillar orqali baho berish mexanizmi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
mamlakat/hududlarning investision salohiyati, investision risklar darajasi va investision faollikni baholash (aniqlash) bo‘yicha tadbirlar amalga oshirish bo‘yicha taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 16 avgustdagi 1552/02-35-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida hududlarning investision salohiyat darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni guruhlash, investision risklar darajasini baholash imkoniyati ta’minlandi;
hududlarda klasterlarni rivojlantirish omillari sifatida tavsiya etilgan sxema (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 10 oktyabrdagi FTA-02-11/832-son ma’lumotnomasi) natijasida ishlab chiqarish, tashkiliy-boshqaruv, moliyaviy, siyosiy va iqtisodiy omillarni uyg‘unlikda qarash, ularni o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilish hududlarda klasterlashtirish tizimini samarali amalga oshirish, korxona va tashkilotlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, investision muhit jozibadorligini oshirishga xizmat qildi;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarning kirib kelishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, hududlarning investisiyaviy jozibadorligini yanada oshirish chora-tadbirlarini qo‘llash taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2017 yil 16 avgustdagi 1552/02-35-son ma’lumotnomasi) natijasida hududning qator xalqaro reytinglarda ishtirokini ta’minlash va mavjud reyting ko‘rsatkichlarida egallagan o‘rnini mustahkamlash va oshirish, investision muhit jozibadorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, ularning ta’sir doirasini hisoblashga imkon berdi;
hududlarning investision jozibadorligini baholash bosqichlari bo‘yicha berilgan taklifni (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 10 oktyabrdagi FTA-02-11/832-son ma’lumotnomasi) qo‘llash natijasida hududlarning umumiy holatini baholashda ko‘rsatkichlar tizimini tanlash, hudud investision jozibadorligini baholovchi integral ko‘rsatkichlarni aniqlash, xususiy ko‘rsatkichlarni ballik tizim asosida baholash, hududning investision jozibadorligi bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish imkoniyati ta’minlandi.