Tursunova Nigora Batirovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arterial gipetoniyada chap qorincha miokardining strukturaviy-funksional xolati va arteriyalarning taranglik -elastiklik xususiyatlari orasidagi bog‘liqlik» 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. Dsc/Tib556.
Ilmiy rahbar: Qurbanov Ravshanbek Davletovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Barno Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori; Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: tomir va yurakning tuzilishli-funksional o‘zgarish xususiyatini aniqlash, shuningdek, gipertenziv terapiyaga qarshi terapiyaning organoprotektiv samaradorligini baholash bilan arterial gipertenziyada yurak qon tomirni qayta modellashtirishning noinvaziv tashxisotini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
yurakning gemodinamik o‘zgarish xususiyatlari nafaqat yurakning an’anaviy stuktura va funksional parametrlari, balki to‘qima dopplerografiya parametrlari bilan kompleks baxolanish kerakligi asoslangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasining AG mavjud bemorlarida kardiovaskulyar qayta modellanishning tuzilishli-funksional parametrlari bilan bog‘liqligi hamda tomir devorlarining mintaqaviy va lokal qattiqlik ko‘rsatkichlariring qon tomirlar devorlari qattiqlanishi hisobiga patogenetik roli isbotlangan;
chap qorincha diastolik disfunksiyasining (ChQDD) arterial va miokardial qattiqligi bilan  o‘zaro bog‘liqligi asoslanib, jumladan, Bakberg indeksi ishonchli past bo‘lgan, pul`s to‘lqinining tarqalish tezligi (PTTT) ko‘rsatkichi esa chap qorincha diastolik disfunksiyasi kuzatilgan bemorlar guruhida morfofunksional tuzilishi sababli sezilarli yuqoriligi isbotlangan;
tomir devorlari yuqori qattiqligi bilan yurakning chap bo‘limlari hajmli ko‘rsatkichlarining ijobiy o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, umumiy uyqu arteriyasi, aorta (pul`s to‘lqini tezligi ma’lumotlari bo‘yicha) devorlari egiluvchanligiga, tomir karkasining yuqori qattiqligi, relaksatsiya va tortishishga miokardning past ta’sir etishini isbotlangan;
AG bemorlarida “intima-media” kompleksi qalinligiga bog‘liq o‘zgarishi arterial qattiqlikning faqat ikkita prediktoriga (Peterson va Yung elastikligi moduli) o‘z hissasini qo‘shishi isbotlangan;
AG bemorlarida tomirlarning egiluvchan-elastik xususiyatlari va yurakning tuzilishli funksional o‘zgarishlariga asoslangan xolda tanlangan differensirlangan antigipertenziv terapiyaning organoprotektiv samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Arterial gipertoniyada chap qorincha miokardining strukturaviy funsional xolati va arteriyalarning taranglik elastiklik xususiyatlari orasidagi bog‘likligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
arterial gipertoniyada chap qorincha miokardining strukturaviy funsional xolati va arteriyalarning taranglik elastiklik xususiyatlari orasidagi bog‘likligini baholashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Arterial gipertenziya bilan xastlangan bemorlarning taxlika-stratifikatsiyasi va tashxislash samaradorligini oshirishda arterial bosimining davomiyliligi va variabelik parametrlarini kompleks baholashshda qo‘llash» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 maydagi 8n–r/423–son ma’lumotnomasi). Natijada arterial gipertoniyada chap qorincha miokardining strukturaviy funsional holati va arteriyalarning taranglik elastiklik xususiyatlari orasidagi bog‘likligini baholash orqali kasallikni samarali davolash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
arterial gipertoniya bilan xastalangan bemorlarni davolash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida io‘lab chiqilgan «Arterial gipertenziyaning yuqori xavfi kuzatilgan bemorlarda samarali organoproteksiya uchun maqbul antigipertenziv terapiyani tanlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 24 maydagi 8n–r/423–son ma’lumotnomasi). Natijada nishon a’zolarning simptomsiz shikastlanishi bilan AGning yuqori xavfi kuzatilgan bemorlarga kal`siy antagonistlari yoki diuretiklar kombinatsiyasida RAAS blokatorlari bilan ikki komponentli terapiyani boshlash tavsiya qilinadi. AG bemorlarining ikki tomonlama antigipertenziv terapiyaga rezistentligida kal`siy antagonistlari va diuretiklar, RAAS blokatorlari bilan uch komponentli terapiya tavsiya qilish imkonini bergan;
arterial gipertoniyada chap qorincha miokardining strukturaviy funsional xolati va arteriyalarning taranglik elastiklik xususiyatlari orasidagi bog‘likligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy –amaliy tibbiyot markazining Qarshi va Jizzax viloyatlari fililallarining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 apreldagi 8n–d/127–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi AG bemorlarida nishon a’zolarni klinikagacha shikastlanishini erta tashxislash, kasallikning klinik kechishi va asoratlari rivojlanish xavfini o‘z vaqtida baholash, kasallik profilaktikasi va davolashga samarali yondashuv, bemorlar hayot sifatini yaxshilash, arterial gipertenziya kuzatilgan bemorlarda davolashga differensiatsiyalangan yondashuv bilan stratifikatsiya xavfi hamda diagnostika samaradorligini oshirish uchun arterial bosim variabelligi va arterial qattiqlik parametrlarini kompleks baholash arterial bosimni maqsadga erishishi hamda davolashga ketadigan mablag‘ni 20% ga tejash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish