Maksudova Umida Mirzaraximovnaning
fan doktori (DSc) ilmiy ma’ruza shaklida dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyo polimer kompozit materiallardan foydalangan holda, himoyaviy poyabzal ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari», 05.06.03 – “Teri, mo‘yna, poyabzal va teri-galantereya buyumlari texnologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.4.DSc/T464
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mahalliy xomashyo polimer kompozit materiallardan foydalangan holda, himoyaviy poyabzal ishlab chiqarish texnologiyasi asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimetilmetakrilat lateks asosida import o‘rnini bosuvchi elim kompozisiyasi hamda elimli plyonkalarni termal faollashtirishning ratsional parametrlari ishlab chiqilgan; 
elektrofizik xossalari ko‘rsatilgan maxsus poyabzal ishlab chiqarish uchun SKMS-30 butadien-metilstirol asosida o‘tkazuvchan kauchuk tarkibi yaratilgan;
elektrofizik xossalariga ega poyabzallar tasnifi va elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega poyabzal konstruksiyalarining elektron katalogi yaratilgan, materiallarning dielektrik o‘tkazuvchanligiga qarab, elektr o‘tkazuvchan kompozisiyalarda zaryad o‘tkazishning "oyoq-poyabzal-er" sxemasida elektr o‘tkazuvchanlik mexanizmi nazariy asoslab berilgan;
harbiy xizmatchilarning yosh va jins toifalarini hisobga olgan holda poyabzalning o‘lchami va to‘lalik assortimenti ishlab chiqilgan; 
o‘t o‘chiruvchilar uchun himoya materiallaridan foydalangan holda, poyabzallarni yangi konstruksiyalari va loyiha-texnik hujjatlari ishlab chiqilgan;
past zichlikdagi mahalliy xom-ashyo polietilen yarim mahsuloti asosida, poyabzal tagliklarini ishlab chiqarish uchun import o‘rnini bosuvchi polimer kompozisiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahalliy xomashyo polimer kompozit materiallardan foydalangan holda, himoyaviy poyabzal ishlab chiqarish texnologiyasi asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif qilinayotgan elimli kompozisiyalardan foydalanishning takomillashtirilgan texnologiyasi O‘zcharmsanoat uyushmasi tarkibidagi korxonalarda, xususan “Uyg‘ursoy yuksalish” DUK, “Qashqadaryo maxsus qurilish sanoat mahsulotlari” koxonalarida amaliyotga joriy etilgan, (O‘zcharmsanoat uyushmasi 11 iyun` 2018 yil №FB-9/669-1 ma’lumotnomasi). Natijada maxsus poyabzal assortimenti kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan. 
elektr o‘tkazuvchan matodan foydalangan holda o‘tkazuvchan kauchuk taglikdagi antistatik poyabzalning yangi dizayni “VOSTOK” davlat ilmiy-ishlab chiqarish joriy etildi. Natijada poyabzal ichki detallarida astarlik charmlardan foydalanishni 26% ga kamaytirish imkonini berdi. 
elektr o‘tkazuvchan xavfsizlik poyabzallarining yangi dizayni “Poyabzalchi” mchj da joriy etilgan. (O‘zcharmsanoat uyushmasi 11 iyun` 2018 yil №FB-9/669-1 ma’lumotnomasi). Natijada poyabzal yig‘ish texnologik jarayonini 2 operatsiyaga qisqartirish imkonini bergan. 
elektr o‘tkazuvchan poyabzal modellari “VOSTOK” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida joriy qilingan. (O‘zcharmsanoat uyushmasi 11 iyun` 2018 yil №FB-9/669-1 ma’lumotnomasi).  Natijada import o‘rnini bosuvchi elektr o‘tkazuvchan poyabzallar assortimenti kengaygan va pirotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish xavfi kamaygan
shaxsiy himoya vositalari sifatida ishchi poyabzallari “Qorasuv”, “O‘zbekiston”, “Yangiyo‘l” paxta zavodlari, Bektemir ishlab chiqarish-tajriba va “Hazorasp paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatlarida amaliyotga joriy etilgan. (O‘zcharmsanoat uyushmasi 11 iyun` 2018 yil №FB-9/669-1 ma’lumotnomasi). Natijada himoya poyabzallari assotimenti kengaytirishga imkoniyat yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish