Turgaev Jambul Adilbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekspluatatsion xossalari yaxshilangan kompleks modifikatsiyalangan beton», 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2010
Ilmiy rahbar: Soy Vladimir Mixaylovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Bahodirov Azizbek Abdulazizovich – texnika fanlari doktori, professor; Turapov Maxmud Turapovich – texnika fanlari nomzoti, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: cuperplastifikator, mikrokremnezem va modifikatsiyalangan gidrofobizatorni kompleks ravishda qo‘llash yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi M400 portlandsementi asosidagi ekspluatatsion xossalari yaxshilangan ko‘p komponentli beton olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mineral va organik qo‘shimchalar kompleksi ta’sir etish mexanizmini hisobga olgan holda ulardan ko‘p komponentli betonlarda foydalanish asoslangan;
organik va mineral qo‘shimchalar kompleksining ta’siri hisobiga qotayotgan sement toshida yuqori zichlik, past kapillyar g‘ovaklik hosil bo‘lishi aniqlangan;
sement toshining fizik-mexanik va ekspluatatsiya xossalari organik va mineral qo‘shimchalar kompleksi miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;
mineral va organik qo‘shimchalar kompleksiga ega bo‘lgan ko‘p komponentli beton mustahkamligining foydalanilgan qo‘shimchalar (superplastifikator, mikrokremnezyom, modifikatsiyalangan gidrofobizator) miqdoriga bog‘liqligini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ekspluatatsion xossalari yaxshilangan kompleks modifikatsiyalangan betonni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
superplastifikator, mikrokremnezem va modifikatsiyalangan gidrofobizatorni qo‘llagan holdagi poydevor bloklarining optimal tarkibi «Taxiatash temir beton» MChJ va «Evro beton» TBM MChJ korxonalarida temirbeton mahsulotlar ishlab chiqarishga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2021 yil 05-sentyabrdagi №01-07/01-1995 ma’lumotnoma). Tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etilishi betonning mustahkamlik bo‘yicha ko‘rsatkichlarini 10-15 % ga, sovuqqa bardoshliligi va suvga chidamliligini ikki barobar oshirish imkonini berdi;
amalga oshirilgan jarayonlar natijasida ishlab chiqilgan kompleks qo‘shimchali betonning optimal tarkibi va texnologiyasidan yig‘ma beton va temirbeton ishlab chiqarishiga tatbiq etilishidan olinadigan iqtisodiy samaradorlik hisoblab chiqildi. Kutilayotgan yillik iqtisodiy samara MChJ «EVRO BETON» zavodi uchun 420,5 mln. so‘mni, OOO «Taxiatash temir beton» zavodi uchun 265,8 mln. so‘mni tashkil etadi.