Narxodjaeva Xurshida Sharipovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida jarayon anglatuvchi terminlarning lingvistik xususiyatlari», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fil18.

Ilmiy rahbar: Yuldashev Ibrohim Jo‘raevich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01.

Rasmiy opponentlar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor;  Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilidagi jarayon anglatuvchi terminlarning semantik-struktur, derivatsion xususiyatlarini aniqlash, mavzuiy guruhlarini ishlab chiqish, ularni me’yorlashtirish va leksikografik izohlar berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek tilidagi murakkab semantik tarkibli jarayon anglatuvchi leksema-terminlar – hamroh mohiyatli terminlarning lisoniy tabiati ochib berilgan;

jarayon anglatuvchi terminlarning ichki mavzuiy guruhlari belgilangan hamda struktur tuzilishiga ko‘ra tiplari aniqlangan;

jarayon anglatuvchi terminlarning yasalish usullari ishlab chiqilgan;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimining shakllanishida jarayon anglatuvchi terminlarning qo‘llanishi va umumlisoniy sohaviy xususiyatlari o‘zbek tili materiallari asosida ochib berilgan;

jarayon anglatuvchi terminlarning semantik ko‘lami, monosemik va polisemantik belgisi, sinonimik, omonimik hamda variativ xususiyatlarini tahlil qilish asosida terminlar semantikasiga oid qarashlar takomillashtirilgan;

jarayon anglatuvchi ko‘p komponentli terminlarni tartibga solish yuzasidan yangi tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Jarayon anglatuvchi terminlarning semantik-struktur va derivatsion xususiyatlarini, mavzuiy guruhlarini aniqlash, ularga leksikografik izohlar berish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:

tartiblash, ayirish, qo‘shish, bo‘lish, qurish, boshqaruv, ayirboshlash kabi terminlarning izohlaridan «Özbekçe-Türkçe Açiklamali Sözlük» (EGE Universitesi, Turkiya) loyihasida foydalanilgan (Ege universitetining E4252-son ma’lumotnomasi). Natijada lug‘aviy birliklarning leksikografik izohlari mukammallashgan, ma’nolar miqdori ortgan;

jarayon anglatuvchi terminlarning ma’noviy tuzilishi yuzasidan asoslangan nazariy xulosalar, hozirgi o‘zbek tilidagi 15 dan ortiq termin (ommalashtirish, nizolashish, ahdlashish, barqarorlashtirish,  legellashtirish, bahslashuv kabi), 10 ga yaqin birikma termin (modernizatsiya qilish, ekspulatatsiya qilish, qonunchilikni takomillashtirish, qishlov davrida suvsizlanish, bir tomonlama voz kechish kabi)ning mavzuiy tuzilishi va leksikografik izohlaridan OT-F8-022 raqamli «Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri» fundamental loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 13 iyuldagi FTK-03-13/467-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi terminlardan o‘rinli foydalanish, ularni tartibga solish imkonini bergan;

yangi terminlarni izohlashda, o‘zbek tili terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyoti tendensiyalarini belgilashda FA-F1-GO41 raqami «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» fundamental loyihasida nazariy manba sifatida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2015 yil 14 yanvardagi FTK-03-13/39-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi istiqlol davri leksikasidagi jarayon anglatuvchi terminlarning lingvistik xususiyatlarini baholash imkonini bergan;

tadqiqot natijasi sifatida olingan xulosalar «Jarayon anglatuvchi terminlarning qisqacha izohli lug‘ati»ga joriy qilingan va unda 400 taga yaqin terminning umumiste’mol va hamroh mohiyatli ma’nolari izohlangan. Lug‘atdan fan va ta’limda terminning ma’noviy tuzilishi, umumiste’mol ma’nolari, omonimik xususiyatlarini o‘rganishda foydalanilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish