Gafurova Feruza Axrorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayrim endokrinopatiyalari bo‘lgan ayollarda klimakterik buzilishlarni davolash omillarining klinik-patogenetik asoslash», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib355.
Ilmiy maslahatchi: Asatova Munira Miryusupovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc. 04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Rasul`-Zade Yulduz Gulyamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjimetov Abdugafur Axatovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tuxumdon polikistozi sindromi va qalqonsimon bezi kasalliklari bo‘lgan ayollarda klimakterik buzilishlarinig patogenetik asoslangan korreksiyasi tamoyillarini va tabaqalashtirilgan davolash algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
TPKS (anamnezida) va AIT bo‘lgan ayollarda postmenopauza davrining kechishida trombotik, aterosklerotik va yurak-qon tomir tizimidagi endoteliy buzilishlari aniqlangan, kech postmenopauza davrida metabolik asoratlarning rivojlanishida ularning salbiy roli isbotlangan;
postmenopauza asoratlarini dastlabki endokrinopatiya bilan kechishi va rivojlanishi mexanizmlarining gormonal almashinuvining buzilishi orasidagi patogenetik aloqasi isbotlangan;
menopauza yoshidagi ayollarda TPKC (anamnezda) va qalqonsimon bez kasalliklarida metabolik sindromning alohida tarkibiy qismlarining tarqalishi isbotlangan;
yurak qon tomir xavf omillari va metabolik sindromning parametrlarini TPKC (anamnezda) va AIT bilan o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
molekulyar genetik tadqiqotlar davomida endokrinopatiyalar bilan menopauzali ayollarda trombotik asoratlar va postmenopozaning kech metabolik asoratlari rivojlanishi xavfini oshirishda folat sikli genlari polimorfizmi MTGFR (rs1801133 MTHFR), MTRR (rs1805087 MTRR) i MTR (rs1805087 MTR) ning salbiy ahamiyati isbotlangan;
dastlabki endokrinopatiyaga qarab ayollarda menopauzal gormon bilan davolashga tabaqalashgan yondashuv tamoyillari patogenetik va klinik jihatdan asoslangan;
klimakterik buzilishlarni davolashda va postmenopauzaning halokatli asoratlarini bartaraf qilishda Mio-Inozitolning gormonal, lipid, uglevodlar ko‘rsatkichlariga samarali ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ayrim endokrinopatiyalari bo‘lgan ayollarda klimakterik buzilishlarni davolash omillarining klinik-patogenetik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
anamnezida tuxumdon polikistozi sindromi bo‘lgan ayollarda klimakterik buzilishlarni davolash omillarini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Tuxumdon polikistozi sindromi anamnezi bo‘lgan ayollarda menopauzal asoratlarni tabaqalashtirilgan davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 8n-r/382-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi tuxumdon polikistozi sindromiga ega bo‘lgan ayollarda postmenopauza davrining asoratlarini tabaqalashtirilgan davolash algoritmini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini bergan;
autoimmun tireoidit va klimakterik buzilishlari bo‘lgan postmenopauza yoshidagi ayollarda tashhislash, davolash va asoratlarni erta bashorat qilish usullarining takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Postmenopauzal davrda autoimmun tireoiditli ayollarni boshqarish. Tibbiy-tashxislash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 8n-r/381-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi postmenopauza davrida autoimmun tireoiditli ayollarni tashhislash va davolash algoritmini ishlab chiqish imkonini bergan;
ayrim endokrinopatiyalari bo‘lgan ayollarda klimakterik buzilishlarni davolash omillarining klinik-patogenetik asoslashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining “Oila va nikoh” ilmiy-maslahat poliklinikasi, Buxoro va Andijon viloyat perinatal markazlari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 yanvardagi 8n-d/5-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi postmenopauzal asoratlari va TKPS bilan kasallagan ayollarni tekshirish va davolash uchun harajatlarni 2,6 va qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan ayollarda postmenopauza davri asoratlarini tekshirish va davolash uchun 3,1 martaga kamayishi va davolash muddatini qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon yaratgan.