Shukurova Lobar Sherbaevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XVIII asr o‘rtalari – XX asr boshlarida Buxoro amaliy san’ati”, 17.00.04 –Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.RhD/San.118.
Ilmiy rahbar: Alieva Surayyo Sharipovna, san’atshunoslik fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03./04.06.2020.Ped.76.03 raqamli ilmiy kengash. asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Akbar Abdullaevich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Abdullaev Masharib Saydamatovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVIII asr o‘rtalari - XX asr boshlarida Buxoro amaliy san’atining asosiy rivojlanish bosqichlari va uning badiiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buxoro amaliy san’ati namunalarining shakli, naqsh xususiyati, kompozision tuzilishi kabi badiiy o‘ziga xosliklari san’atshunoslik nuqtai nazaridan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning hunarmandchilikka o‘tkazgan salbiy va ijobiy ta’siri tarixiy davrlar kesimida asoslangan;
Buxoro amaliy san’atining kandakorlik, zardo‘zlik, kashtachilik kabi asosiy turlarining Afg‘on, Qarshi, Buxoro shakllari, bodomixazonnok, dovqur, butador kompozisiyasi, feruza, jigarrang, yashil, moviy, qizil rang koloritlariga ega mahalliy xususiyatlari dalillangan;
Buxoro amaliy san’ati bilan me’morchilikning badiiy uyg‘unligi shahar tarixiy obidalaridagi bezaklarni san’atshunoslik nuqtai nazaridan sharhlash orqali asoslangan;
Buxoro amaliy san’atining unutilib ketgan an’analarini saqlab qolish, qayta tiklash va ijodiy rivojlantirishning badiiy texnologik uslublari bo‘yicha amaliy san’at soha mutaxassislari uchun Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi ko‘rgazmali zallarida ZD formatdagi virtual sayohatlarni tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVIII asr o‘rtalari - XX asr boshlarida Buxoro amaliy san’ati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro amaliy san’ati namunalarining shakli, naqsh xususiyati, kompozision tuzilishi kabi badiiy o‘ziga xosliklari san’atshunoslik nuqtai nazaridan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning hunarmandchilikka o‘tkazgan salbiy va ijobiy ta’siri tarixiy davrlar kesimidagi ilmiy tahlillar hamda Buxoro amirligi davrida yaratilgan va hozirgi kunda Buxoro Davlat muzey-qo‘riqxonasida ekspozisiyasi va fondlarida saqlanayotgan amaliy bezak san’ati namunalarini ilmiy jihatdan keng tahlil qilinib, ekspozisiyalar mazmunini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 29 apreldagi 05-12-08-2216-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlod ongida Vatanga muhabbat, milliy an’analarga sadoqat tuyg‘ularining kuchayishiga va Buxoro amaliy san’atini ommalashtirishga xizmat qilgan;
Buxoro amaliy san’atning kandakorlik, zardo‘zlik, kashtachilik, kulolchilik, naqqoshlik, ganch va yog‘och o‘ymakorligi kabi asosiy turlarining mahalliy  xususiyatlari  mazmuni  badiiy  tahlil qilishga ustivorlik berish orqali tizimli ravishda tasniflanishiga doir ma’lumotlar Namangan viloyati teleradiokompaniyasining “Guldasta”, “Moziy” ko‘rsatuvlarida hamda “Oltin zamin” radiosining “Qadriyat” eshittirishlarida o‘tkazilgan suhbatlarda keng foydalanilgan (Namangan viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 17 fevraldagi 01-01-85 son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittirishlar uchun qo‘llanilgan ilmiy ijodiy materiallar tomoshabinlarning Buxoro amaliy san’ati haqida keng ma’lumot olishlariga, qadriyatlarni saqlash, amaliy san’atni yanada rivojlantirish, yoshlarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini yuksaltirishga hizmat qilgan;
Buxoro amaliy san’ati bilan me’morchilikning badiiy uyg‘unligi shahar tarixiy obidalaridagi bezaklarni san’atshunoslik nuqtai nazaridan sharhlash  hamda Buxoro amaliy san’atining unutilib ketgan an’analarini saqlab qolish, qayta tiklash va ijodiy rivojlantirishning badiiy texnologik uslublariga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 21 maydagi 04/12-1609-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro amirligi davrida barpo etilgan me’moriy obidalar suratlari “CorelDRAW” maxsus dasturi yordamida turizm sohasini rivojlantirish maqsadida kiyimlarga tushurilgan va chet elga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish